O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Karbyuratorga o’rnatilgan tizim va moslamalar, ularning ishlashi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə78/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

5. Karbyuratorga o’rnatilgan tizim va moslamalar, ularning ishlashi.
Zamonaviy karbyuratorning tuzilishi va ishlashi. Dvigatelning turli ish
maromlarida qanoatlantiradigan yonuvchi aralashma tayyorlash uchun zamonaviy
karbyurator konstruktsiyasiga bir nechta qo’shimcha tizilma va moslamalar
o’rnatilgan. Bo’lar yurgizib yuborish tuzilmasi salt ishlash tuzilmasi, aralashma
tarkibini bir xilda saqlab turish (kompensatsiya) tuzilmasi, boyitgich va tezlashgich
tuzilmalari.
Dvigatelni yurgizib yuborish tuzilmasi. Dvigatelni yurgizib yuborishda
tirsaklm valining aylanishlar soni juda kichik bo’ladi, shu sababli tuzitgichning
jiklyoridan yonilg’i oqib chiqishi uchun aralashma tayyorlash bo’linmasida
siyoraklashish yetarli bo’lmaydi. Sovuq dvigatelni yurgizib yuborishda va
qizdirishda aralashmani quyuqlantirish zarur. quyuq yonuvchi aralashma hosil
qilish uchun havo zaslankasi yopiladi, bunda aralashtirish bo’linmasida
siyoraklanish oshadi. Aralashma haddan tashqarii quyuqlik dvigatelga yopishib
qolmasligi uchun klapan mavjud bo’lib, u aralashtirish bo’linmasida aralashma
haddan tashqarii quyuqlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun havo bosimi ta’sirida
ochiladi. Haydovchi zaslonkasini tros va zaslonka o’qiga mahkamlangan richak
yordamida yopadi yoki ochadi. Havo zaslankasi yopilishi bilan bir vaqtda drossel
zaslonkasi bir muncha ochiladi. Zaslonkaning ikkala tamonida havo bosimining
farqi ta’sirida zaslonka ochilishi uchun havo zaslonkasining o’qi kiritish nayigiga
ekstsentirik o’rnatiladi
Karbyuratorning tuzilmalari:
A-aralashmani kompensatsiyalash
tuzilmasi;
B-salt ishlash tuzilmasi;
V-tezlatgich tuzilmasi;
D-yurgizib yuborish tuzilmasi.


93
Salt ishlash tuzilmasi. Salt ishlash tuzilmasi dvigatel yuklanishsiz va tirsakli


val kichik aylanishlar sonida ishlaganda yonuvchi aralashma tayyorlab berishga
mo’ljallangan. Bu maromda dvigatel silindrlarda ko’p miqdorda ishlatilgan gaz
qoladi, ish aralashmasining yonish tezligi sekinlashadi, shu sababli dvigatel
ishlashishi uchun quyuq yonuvchi aralashma zarur.
Tezlatish nasosi. Avtomobil qiyalikka ko’tarilishi yoki oldida ketayotgan
avtomobilni quvib o’tishda dvigatel tirsakli valining aylanishlar sonini yoki
yuklanishni tezlik bilan oshirishga to’g’ri keladi. Bu holda yonuvchi aralashma
suyuqlashib, natijada dvigatel o’chib qolishi mumkin. Tezlatish nasos drossel
zaslonka tez ochilganda yonuvchi aralashmaning ortiqcha suyuqlashmasligi uchun
qo’shimcha miqdorda yonilg’i berish yo’li bilan qisqa vaqtda aralashmani
quyuqlashtirish vazifasini bajaradi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin