O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Tirsakli valning aylanishlar chastotasini xavo bilan rostlash



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə79/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Tirsakli valning aylanishlar chastotasini xavo bilan rostlash.
Yuk avtomobillarida dvigatelning eng katta quvvati yoki tirsakli valning
aylanishlar chastotasining maxsus havoli cheklagich yordamida rostlanadi, ya’ni
cheklanadi. Dvigatelning aylanishlar chastotasining cheklash maqsadida
karbyuratorga havoli yuritmaga ega bo’lgan cheklagich moslamasi o’rnatilgan
(7.7-chizma)
Bu turdagi cheklagich markazdan qochirma datchik va diafragmali
mexanizmdan tuzilgan. Markazdan qochma datchik taqsimlanish shesternyasining
qopqog’iga maxkamlangan. Datchik rotori 8 dvigatelning taqsimlanish validan
harakat qiladi. Buning uchun taqsimlash valining oldi qismiga yuritma valigi
maxkamlangan bo’lib, uning uchi rotor valigining uyig’i 9 kirib turadi.
Diafragmali mexanizm karbyuratorning drossel zaslonkalari 16 ga ta’sir qiladi.
Mexanizm karbyuratorga maxkamlangan. Datchik naylar 5 va 6 vositasida
diafragmali mexanizmga va karbyuratorning kirish nayi 4 ga biriktirilgan.
7.7-chizma. ZIL-130 dvigateli valining maksimal aylanishlar chastotasini
cheklagichining chizmasi.
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi 3100-3200 ayl/min ga yetganda
klapan 7 markazdan qochma kuchning oshishi natijasida siljib egar 12 teshigini
berkitadi, shunda nay 6 dan bo’shliq B ga xavo kirish to’xtaydi. Bo’shliq B
naychalar va jiklyorlar 17 orqali karbyuratorning aralashtirish bo’linmasiga
tutashganligi uchun unda katta siyraklanish xosil bo’ladi. SHu vaqtda bo’shliq A
karbyuratorning kirish nayi 4 ga nay 15 orqali tutashadi. Bo’shliq A da bosim


94
bo’shliq B dagiga qaraganda yuqori bo’ladi. Diafragma 3 bosimlar farqi ta’sirida


purjina 2 ning cho’zilishini yengib yuqoriga siljiydi. Diafragma 3 bilan birga
sterjen 1 ham yuqoriga siljiydi, bunda sterjen 1 drossel zaslonkalarining o’qini
richak 18 orqali buraydi va drossel zaslonkalari yopiladi. Drossel zaslonkalari
yopilganda dvigatel tsilindirlariga yonuvchi aralashmani kirishi kamayadi, natijada
tirsakli valning aylanish chastotasi belgilangan qiymatdan oshmaydi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin