Injektorli dvigatellarning zamonaviy purkash tizimi.
Benzinni purkab beruvchi ta’minlash tizimi.
Benzinni purkab beruvchi tizim jadallik bilan an’anaviy karbyuratorli
tizimlarni siqib chiqarmoqda. Benzinni purkab beruvchi tizimning karbyuratorli
tizimga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat:
- yonilg’i va havoni ajratilgan holda me’yorlash, berilayotgan havoga mos
ravishda yonilg’ini turlicha berilishi;
- me’yorlashning asosiy dasturini ko’plab omillar bo’yicha korrektsiyalash
(yuklanishlar va tezliklar rejimiga, havo va sovitish suyuqligining
haroratiga, atmosfera bosimiga va boshqalarga qarab);
- ishlatilgan gazlarni
l - zondli tizimlarda neytrallash uchun aralashmani
talab etilgandek aniq moslash;
- dvigatelning tejamkorligi, quvvati foiz ko’rsatkichlarini 5-15 foizga
yaxshilash, tashhislash, o’ziga-o’zi tashxis qo’yish;
Purkab beruvchi tizim karbyuratorli tizimga nisbatan qimmatligi, tuzilishi va
foydalanish jarayonida xizmat ko’rsatishning murakkabligi bu tizimning
kamchiligidir.
Benzin yuborilishiga tsiklik (davriy) purkash davomiyligini o’zgartirish yo’li
bilan rostlanadigan, elektron boshqariladigan tizimlar ko’proq qo’llanilgan.
Foydalaniladigan elektromagnit forsunkalar soniga qarab bu tizimlar
quyidagicha tasniflanadi:
- har bir tsilindr uchun alohida forsunkali bo’ladi, (taqsimlangan purkash);
- barcha tsilindrlar uchun bitta forsunkali (markaziy purkash) bo’ladi;
To’rt taktli dvigatellarda kiritish taktida benzinni 0,15-0,4 MPa bosim ostida
elektromagnit forsunkalar bilan purkovchi tizimlar keng tarqalgan.
Avtomobil dvigatellari tsilindrlariga benzinni bevosita purkash amaliy
jihatdan ham qo’llanilmoqda. Bunga asosiy sabab forsunkaning ishlash sharoitini
yomonligi, uni yonish kamerasiga joylashtirish qiyinligi hamda purkash bosimini
yuqoriligidir (3,5-10,0 MPa).
7.10-rasmda benzinni taqsimlangan purkash tizimi ko’rsatilgan.
Markaziy purkash tizimi ham shunga o’xshash rasmga ega bo’lib barcha
tsilindrlarga benzin yuboruvchi bitta forsunkaga ega bo’ladi. Forsunka kiritish
quvur yo’lining kirish qismiga o’rnatiladi.
95
7.10-rasm. Taqsimlangan purkash tizimi.
1-yonilg’i baki; 2-elektr nasos; 3-moyni
tozalash filtri; 4-elektronli boshqarish
bloki; 5-elektromagnitli forsunka; 6-
haydash magistrali; 7-reduktsion klapan;
8-kiritish quvuri yo’li; 9-drossel
zaslonkasi vaziyati datchigi; 10-havo sarfi
ulagichi; 11-
l - zond; 12-harorat datchigi;
13-o’t oldirish taqsimlagichi;
14-qo’shimcha havo rostlagichi; 15-
akkumulyator; 16-o’t oldirish qulfi.
Yonilg’i bakdan (1) elektr benzin nasosi (2) orqali so’rib olinadi. So’ng
moyni tozalash filьtri (3) orqali magistralga (6) haydaladi. Magistralda reduktsion
klapan (7) vositasida yonilg’ini forsunkaga (5) kirishi va chiqishida doimo
bosimlar farqi ushlab turiladi. Ortiqcha yonilg’i reduktsion klapandan (7) bakka
qaytib keladi.
Yonilg’i haydash magistralidan yonilg’ini kirituvchi klapanlar zonasiga
purkab beruvchi alohida elektromagnit forsunkalarga (5) yuboriladi. Havo
tsilindrlarga, sarf o’lchagich (10) va kiritish quvur yo’li (3) orqali kiradi. Havo
miqdori drossel zaslonkasi orqali rostlanadi. Yonilg’ini me’yorlovchi elektronli
boshqarish tizimi, akkumulyatordan (15) to’k bilan ta’minlanadi va o’t oldirish
qulfi (16 ) tutashishi bilan zanjirga ulanadi.
Havo sarfi o’lchagichi (10) va o’t oldirish taqsimlagichi o’lchagichi (valning
aylanishlar chastotasi signali) elektronli boshqarish blokida (4) o’rganiladi va
o’ziga kiritilgan dasturga mos holda impulьslar chiqariladi. Bu impulьslar forsunka
klapanlarining ochilishini boshqaradi hamda dvigatelning har bir ish rejimiga mos
davomiylikka ega bo’ladi. Reduktsion klapan (1) yonilg’ining doimiy ortiqcha
bosimini, kiritish quvuri yo’lidagi havoning bosimiga nisbatan
±2 KPa aniqlik
bilan ushlab turgani uchun forsunka (5) bilan yonilg’ini davriy berilishi faqatgina
forsunka klapaning ochiq turish vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Purkash davomiyligi sovitish suyuqligining haroratiga qarab (datchik 12)
boshqarish bloki bilan korrektsiyalanadi (to’g’riladi), tezlatish rejimida
ekonomayzer samarasi va aralashmani quyuqlashtirish, drossel zaslonkasi o’qi
bilan mexanik birlashtirilgan datchik (9) signallari asosida ta’minlanadi.
Datchikda majburiy salt ishlash rejimida yonilg’i berilishini to’xtatish uchun
signal beruvchi kontaktli juftlik ham nazarda tutilgan.
Yonilg’i yuborishni to’xtatish, drossel zaslonkalarining yopiq holatida
aylanishlar chastotasi taxminan 1500 min
–1
dan pasayganda yonilg’i berish yana
ulanadi. Dvigatelning harorat rejimiga qarab yonilg’i berishni to’xtatish arafasi
korrektsiyalanadi.
Dvigatelni salt ishlashida, uni berilgan aylanishlar chastotasi bilan bir
me’yorda ishlashini ta’minlash uchun, sovitish suyuqligining haroratiga bog’liq
ravishda dvigatelga kirib kelayotgan havo miqdorini avtomatik ravishda rostlash
ko’zda tutilgan. Hali qizib ulgurmagan dvigatelning salt ishlashida drossel
zaslonkalari yopiq bo’ladi, shu sababli havo, yuqori va pastki saqlagich klapani
96
kanallari orqali kirib keladi.
Dvigatelning qizishiga qarab, suyuqlikning 50-70
°S haroratdan boshlab,
havo rostlagich (14) qo’shimcha havo berishni to’xtatadi. SHundan so’ng havo
faqatgina, salt ishlashda aylanishlar chastotasini rostlaydigan vint orqali kesimini
o’zgartirish mumkin bo’lgan yuqori saqlagich klapani orqali kira boshlaydi.
Reduktsion klapan va forsunkalarni uzoq vaqt buzilmasdan ishlashi uchun
yonilg’ini sifatli filtrlash muhim ahamiyatga ega.
Havo sarfini o’lchash yuqori aniqlik bilan termoanemometr vositasida
amalga oshiriladi va atmosfera bosimi o’zgarganda ham aralashma tarkibi
o’zgarmas holatda ushlab turilishiga imkoniyat yaratadi. Ingichka platina simdan
yasalgan, qalinligi 70 Mkm bo’lgan sezgir element kiritish quvur yo’lining
ko’ndalang kesimi bo’ylab joylashtirilgan va qarshiliklar ko’prigi zanjiriga
ulangan. Ingichka sim 150
°S bo’lgan doimiy haroratgacha qizdiriladi. Havo sarfi
qancha ko’p bo’lsa, ingichka simdan issiqlikni olib ketish shunchalik kuchli
bo’ladi, binobarin, simning harorati va qarshiligi kamayadi. qizdirish to’ki esa
ortadi. Havo sarfiga proportsion bo’lgan tok kuchi, yig’ilgan elektr qarshiliklar
ko’prigi orqali, uzluksiz o’lchab turiladi va sarflanadigan havo miqdorini
aniqlaydi. Dvigatel to’xtagandan so’ng termoanemometrning ingichka simi,
boshqarish blokining buyrug’iga binoan qisqa vaqt yuqori haroratgacha qiziydi va
havo sarfi to’g’risidagi signalni buzilishi mumkin bo’lgan kirlardan tozalanadi.
Me’yorlash aniqligi va tsilindrlarga yonilg’i yuborishni bir xilda bo’lishi,
ko’p jihatdan forsunkaning sifatiga bog’liq. Elektromagnit forsunkalarning
printsipial chizmasi 7.11-rasmda ko’rsatilgan.
7.11-rasm. Elektromagnit forsunka
1-to’zitgich; 2-klapan; 4-prujina; 5-elektromagnit; 6-filtr; 7-elektr kontakt.
Yonilg’i forsunka korpusiga filtr (6) orqali shlang vositasida yuboriladi.
Forsunka korpusining ichiga bir uchiga to’zitkichi (1) bo’lgan klapan (2) hamda
tez ta’sir etuvchi elektromagnit (5) joylashtirilgan bo’lib, elektromagnit
cho’lg’amlarining uchi korpusdan izolyatsiya (himoya) qilingan kontaktlar (7)
orqali tashqariga chiqarilgan. Elektromagnit to’ksizlangan paytida, klapan, prujina
(4), ta’sirida o’rniga bosib turiladi. Forsunka kontaktlariga boshqaruvchi elektr
impulьsi yuborilganda klapan taxminan 0,1 mm ga ochiladi. Bir komplekt
forsunkalarda yonilg’ini tsiklik (davriy) uzatishdagi farq, kam uzatishda
±4 % ko’p
uzatishda
±1.5 % gacha bo’lishi mumkin halos.
Bu esa aralashma tarkibini tsilindrlar bo’yicha, karbyuratsiyalash, yoki
markaziy purkashga qaraganda bir xilligini sezilarli ravishda yaxshilashni
ta’minlaydi.
Benzin nasosi (7.12-rasm) elektr yuritmaga ega bo’lib, uni dvigatelni
97
yurgazish paytida stater tirsakli valni aylantirishidan oldin (o’t oldirish qulfidagi
kalitni burab) ulash mumkin. Buning natijasida, dvigatel hali ishga tushmasdan
turib haydash magistralida yonilg’ini purkash uchun kerakli bo’lgan bosim hosil
qilishga erishiladi. Ba’zan elektromotorni yaxshilab sovitish uchun, elektr nasosi
germetik holda ishlanib, bakdagi yonilg’i ichiga tushirib qo’yiladi.
7.12-rasm. Elektr benzin nasosi
1-benzinning kirishi; 2-saqlagich
klapan; 3-nasos; 4-yakor; 5-teskari
klapan; 6-benzinning chiqishi;
7.13-rasm. Nasosning ishlash tsikli (davri).
a-benzinni so’rish; b-haydash; 1-benzinning kirishi; 2-nasos rotori;
3-roliklar; 4-roliklarning tayanch yuzasi; 5-benzinning chiqishi.
Nasos rotori (2) (7.13-rasm a) korpusiga (4) nisbatan ekstsentrik joylashgan
va elektromotor yakori bilan birgalikda aylanadi. Roliklar (4-rasm) statorning
tayanch yuzasiga bosilgan holda rotorning ariqchalarida harakatlanadi.
Dostları ilə paylaş: |