87
mm qalinlikda bo’ladi. Xar qaysi tozalovchi elementlarning orasiga yulduzsimon
plastinkalar qistiriladi. Natijada tozalovchi elementlarning orasida qistirma
plastinkalarning qalinligiga teng bo’lgan tirqishlar xosil bo’ladi. Moy tirqishlardan
o’tganda 0,08mm va undan katta bo’lgan o’lchamli zarrachalardan tozalanib asosiy
moy kanaliga yuboriladi.
Mayin tozalash filtrlari. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida mayin
filtr
sifatida tirqishli yoki, markazdan qochma tozalash filtrlaridan foydalanilmoqda.
Bunday filtrlar moyni 1-2 mkm gacha bo’lgan mexanik zarrachalardan to’la
tozalaydi. SHuningdek, smola va moy quyqilarini ham ushlab qoladi. Tirqishli
filtrlarda almashtirib turiladigan tozalovchi elementi sifatida lentali-qog’oz,
maxsus karton yoki karton disklar to’plami va boshqa materiallardan foydalaniladi.
Nasosdan bosim bilan xaydalgan moy filtrlovchi elementlarning
mikro
g’avaklaridan (tirqishlaridan) tozalanib o’tib asosiy moy kanaliga boradi.
Moy filtrlari:
a-tirqishli; b - markazdan qochma
(sentrifuga); 1-filtrlovchi element; 2-
korpus; 3 va 4-kiritish va chiqarish
kanallari; 5-qopqoq; 6-nay; 7-o’tkazish
klapani; 8-tozalangan moyni o’tkazish
teshikchalari; 9-bolt; 10-qopqoq; 11-
sim-to’r; 12 va 16 - vtulkalar; 13-rotor
qalpog’i; 14-rotor; 15-naylar; 17-
podshipnik; 18-kavakli o’q; 19-
jiklyorlar; 20-bo’shliq.
Sentirifuga. Markazdan qochma moy filtrlari (sentrifugalar) asosan yuk
avtomobillarida keng qo’llaniladi. Bunday
filtrlar, reaktiv yuritmaga ega bo’lib,
qarama-qarshi yo’nalishda bosim ostida chiqayotgan moy oqimi ta’sirida aylanama
harakatlanadi.
Moy radiatori, dvigatelning ishlashi natijasida,
qizigan moyni xaroratini
me’orida saqlash uchun kerak bo’ladi. Moy radiatorlari asosan yuk avtomobillarida
qo’llaniladi, chunki ular ko’pincha og’ir yo’l sharoitlarida ishlaydi. SHuningdek
radiatorlar o’tuvchanligi yuqori va dvigateli nisbatan katta quvvatga ega bulgan
ayrim yengil avtomobillarda xam qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: