O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Moy filtrlari, moy nasosi, karter bo’shlig’ini shamollatish va ekologiya



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə72/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

4. Moy filtrlari, moy nasosi, karter bo’shlig’ini shamollatish va ekologiya.
Moy filtrlari moyni, dvigatel detallarining yeyilishi natijasida xosil
bo’ladigan metall zarrachalari, shuningdek, chang va moyning eskirishi natijasida
unda xosil bo’ladigan turli oksid moddalari va boshqa ifloslantiruvchi
elementlardan tozalaydi. Arganik va noarganik zarrachalar bilan ifloslangan moy,
detallarning ishqalanib ishlaydigan yuzalarining tez yeyilishiga sabab bo’ladi va
moy kanallarini ifloslantiruvchi smola va moy quyqilari bilan to’lib qolishiga olib
keladi.
To’liq oqimli ketma-ket ulangan plastinka – tirqishli dag’al filtrlarda moyni
tozalovchi elementlari po’lat plastinkalar yig’indisidan tashkil topadi.
To’liq oqimli plastinka-tirqishli dag’al filtrlar tizimga ketma-ket ulangan
bo’lib moy nasosi bilan asosiy moy kanali oralig’ida joylashadi. Bunday dag’al
filtrlarning moyni tozalovchi elementlari po’lat plastinkalar to’plamidan tashkil
topib ular cho’yan korpusda joylashtiriladi. Plastinkalari ikki xil shaklda yasaladi.
Ularning biri, 0,35 mm qalinlikda ishlangani, tozalovchi element xisoblanadi.
Ikkinchisi, qistirma sifatida foydalaniladigani, yulduzsimon shaklda yasalib 0,08


87
mm qalinlikda bo’ladi. Xar qaysi tozalovchi elementlarning orasiga yulduzsimon


plastinkalar qistiriladi. Natijada tozalovchi elementlarning orasida qistirma
plastinkalarning qalinligiga teng bo’lgan tirqishlar xosil bo’ladi. Moy tirqishlardan
o’tganda 0,08mm va undan katta bo’lgan o’lchamli zarrachalardan tozalanib asosiy
moy kanaliga yuboriladi.
Mayin tozalash filtrlari. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida mayin filtr
sifatida tirqishli yoki, markazdan qochma tozalash filtrlaridan foydalanilmoqda.
Bunday filtrlar moyni 1-2 mkm gacha bo’lgan mexanik zarrachalardan to’la
tozalaydi. SHuningdek, smola va moy quyqilarini ham ushlab qoladi. Tirqishli
filtrlarda almashtirib turiladigan tozalovchi elementi sifatida lentali-qog’oz,
maxsus karton yoki karton disklar to’plami va boshqa materiallardan foydalaniladi.
Nasosdan bosim bilan xaydalgan moy filtrlovchi elementlarning mikro
g’avaklaridan (tirqishlaridan) tozalanib o’tib asosiy moy kanaliga boradi.
Moy filtrlari:
a-tirqishli; b - markazdan qochma
(sentrifuga); 1-filtrlovchi element; 2-
korpus; 3 va 4-kiritish va chiqarish
kanallari; 5-qopqoq; 6-nay; 7-o’tkazish
klapani; 8-tozalangan moyni o’tkazish
teshikchalari; 9-bolt; 10-qopqoq; 11-
sim-to’r; 12 va 16 - vtulkalar; 13-rotor
qalpog’i; 14-rotor; 15-naylar; 17-
podshipnik; 18-kavakli o’q; 19-
jiklyorlar; 20-bo’shliq.
Sentirifuga. Markazdan qochma moy filtrlari (sentrifugalar) asosan yuk
avtomobillarida keng qo’llaniladi. Bunday filtrlar, reaktiv yuritmaga ega bo’lib,
qarama-qarshi yo’nalishda bosim ostida chiqayotgan moy oqimi ta’sirida aylanama
harakatlanadi.
Moy radiatori, dvigatelning ishlashi natijasida, qizigan moyni xaroratini
me’orida saqlash uchun kerak bo’ladi. Moy radiatorlari asosan yuk avtomobillarida
qo’llaniladi, chunki ular ko’pincha og’ir yo’l sharoitlarida ishlaydi. SHuningdek
radiatorlar o’tuvchanligi yuqori va dvigateli nisbatan katta quvvatga ega bulgan
ayrim yengil avtomobillarda xam qo’llaniladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin