I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad bo‘lajak mutaxassislarga organizmdagi a’zo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organizm a’zo va to‘qimalarida turli kasalliklarning paydo bo‘lishi jarayonlari asosida biofizikaviy o‘zgarishlarning birlamchiligini ko‘rsatishdir. Inson organizmining a’zo, to‘qima va tizimlarining molekulyar, hujayra va to‘qimaviy biofizik xossa va xususiyatlarini tushunish, organizm holatini, kasalliklarning paydo bo‘lish va rivojlanish mexanizmlarini va ularni bartaraf qilish - davolashning yangi usullarini yuqori texnologik saviyada yaratish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy fizikaviy bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir.
Fanning vazifasi – odam organizmi tashkiliy qismlarini faoliyatini amalga oshirishda fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlar ahamiyati va unda organizm a’zo va to‘qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni o‘rganish;
- organizm to‘qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossalarini o‘rganish;
- ularning fiziologik holati va anatomik tuzilishida tarkib va funksiyaning birligi nuqtai nazaridan bir butunligini tushunish;
- tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlari to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lish.