O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 69,18 Kb.
səhifə2/12
tarix05.03.2023
ölçüsü69,18 Kb.
#86710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bobojonova Shahnoza

Sh.M.Mirziyoyev
Mavzuning dolarzarbligi: Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kunda kasbiy ta’lim sohasining mazmunini yangilash, rivojlantirish, takomillashtirish jarayonlari olib borilmoqda, buning natijasi ta’lim standartlarini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil etishning yangi shakllarini qo‘llashga qaratilgan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek: Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak ma’suliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Bizning asosiy maqsadimiz-yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyalarini safarbar etamiz. Mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiyalashning bosh maqsadi ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlarga to‘la javob bera oladigan ta’limning yangi sifatiga erishish belgilangan. Rivojlanishning innovatsion yo'lini tanlash, yuqori texnologiyalarni yaratish va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bilim va ma'lumotlarning o'sib orayotgan o'rni yuqori malakali mutaxassislarga katta talab qo'ymoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi shakllarini talab qiladi va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qodir bo'lgan yangi avlod o'qituvchilarini shakllantirishni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilaydi. Oliy Ta’lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifatini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy kompetensiyalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.

Yüklə 69,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin