I bobbo'yichaxulosa Bugun biz mantiq nima ekanini bilib oldik. Ushbu kontseptsiyaning ta'rifi juda keng va ko'p qirrali bo'lib, keng bilim sohasiga ta'sir qiladi. Bu mantiqning turli xil ko'rinishlari boshqa fanlarga aloqadorligini ko'rsatadi, ularning ba'zilari juda moddiydir. Shuningdek, maqolada insoniy fikrlashning asosiy jihatlari: intsidentlar, fikr-mulohazalar, tushunchalar va tushunchalar (mantiq). Hayotdan o'rnak olib, bu ma'lumotni yaxshiroq tushunishimizga yordam berdi. Mantiq qonunlarini yaxshi bilish yoshlarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ularning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, mantiqiy tafakkur madaniyati ko’nikmalarini shakillantiradi. O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish juda samarali usullardan biri hisoblanadi. Biz loyihalash texnologiyasi orqali mantiqiy fikrlarni rivojlantirishimizda qanday usullardan foydalanishimiz kerak ekanligini ko’rib chidik.
II BOB. O’QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHDA LOYHALASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AMALIY ASOSLARI
2.1.O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanishko'nikmalarnishakllantirishjarayoniningmohiyati Loyihalash texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’limga asos boʻladi. Oʻquvchilarda mantiqiy faoliyat koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi, ijodiy faoliyatning shakllanishiga asos boʻladi. Ma’lumki, ijodiy faoliyat ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi sanalib, uni oʻqituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirib boʻlmaydi. Oʻquvchilar loyihalar yechimi ustida ishlar ekan, ular avval oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini yangi vaziyatlarda qoʻllab, yangi bilimlarni oʻzlashtiradilar, shu tariqa ijodiy faoliyat tarkib topadi. Buning uchun:
oʻquvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, balki ularni bilimlarni mustaqil oʻzlashtirish usullarini egallash, amaliy va bilishga oid muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini qoʻllab hal etishga oʻrgatish zarur;
bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtai nazarni bayon etish, boshqa tabiiy fanlar hamda ma’naviyat va madaniyat kabi jabhalarda izlanishlar olib borish zarurligini tushuntirish;
oʻquvchilarning tadqiqot metodlaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishning ahamiyati, zarur axborotlar, faktlar, materiallar toʻplash, ularni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, xulosa va yakun yasash lozim.
Agar oʻquvchilar yuqorida qayd etilgan koʻnikma va malakalarni egallagan boʻlsalar, ular doimo oʻzgarib turadigan hayotga tezroq moslashishga, turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilib ulardan chiqishning muqobil variantini topishga, turli vaziyatlarda moʻljalni toʻgʻri olish va har xil jamoalarda ishlab ketish imkoniyatiga ega boʻladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, mantiqiy fikrlash jarayonida “Loyihalash texnologiyasi”dan foydalanish orqali oʻquvchilarda tayanch hamda fanga oid xususiy kompetensiyalarni rivojlantirishda koʻzlangan samaradorlikka erishilishi kafolatlanadi.
Bundan tashqari loyihalash texnologiyasi bir qancha turlarga bo’lib o’rganilishini ko’rishimiz mumkin buladi bularga;
Mantiqiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan mantiqiy yondashish talab etiladi. Mantiqiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Mantiqiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga koʻra loyihaning yoʻnalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada koʻzda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qoʻyiladi. Biologiya oʻqituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi mumkin. Odam va uning salomatligi oʻquv kursida “Odamning sutkalik ovqat ratsionida oqsil, yogʻ, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini aniqlash” laboratoriya mashgʻulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi:
1-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
2-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
3-guruh topshirigʻi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
4-guruh topshirigʻi. Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.