Mavzuningo’rganilishdarajasi: So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va bo'lajak pedagoglarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bu masala ko‘plab o‘qituvchilar va psixologlarni qiziqtirgan (P. Blonskiy, L. S. Vygotskiy, S. L. Rubinshteyn, P. Ya. Galperin, A. N. Leontiyev, A. R. Luriya, P. I. Zinchenko, A. A. Smirnov, B. M. Velichkovskiy, G. G. Vuchetich, Z. M. Istomina, G. S. Ovchinnikov, J. Piaget). va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ularning natijalarini ko'rish mumkin.
Kurs ishiningmaqsadi: O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanishning shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish va amaliy jihatdan tavsiflash.
Kurs ishiningvazifalari:
mavzuga doir adabiyotlarni tahlil etish va ularni o'rganish;
o’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish tushunchalarining mohiyatini o'rganish;
o’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish jarayonining mohiyatini ko'rsatish;
o’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanishning samarali usullarini tasniflash;
mavzu bo’yicha xulosalarni shakillantirish;
Kurs ishiningpredmeti:: O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan ta'lim jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari.
Kurs ishiningobyekti: O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish jarayoni.
Kurs ishiningilmiyva amaliy ahamiyati: Kurs ishi natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g'oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta'lim jarayonida bo'lajak pedagoglarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish yo'llaridan samarali foydalanish orqali loyhalash texnologiyasining shakl, metod vositalarini takomillashtirish, «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi. Ishning hajmi: 2 ta bob, 4 ta paragraf, boblar bo’yicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, umumiy xulosadan glossariy va ilovalardan iborat. Ko’lami 40 bet.