O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I BOB. O’QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHDA LOYHALASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 69,18 Kb.
səhifə4/12
tarix05.03.2023
ölçüsü69,18 Kb.
#86710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bobojonova Shahnoza

I BOB. O’QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHDA LOYHALASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHINING NAZARIY ASOSLARI


1.1.O’quvchilarning mantiqiy fikrlash tushunchasining mohiyati
‘‘Mantiq,, arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha ‘‘logika,, so‘ziga muvofiq keladi. ‘‘Logika,, atamasi esa, grekcha ‘‘logos,, so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ‘‘fikr,, ‘‘so‘z,, ‘‘aql,, ‘‘qonuniyat,, kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘p ma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, ‘‘ob’ektiv mantiq,, ‘‘narsalar mantig‘I,, kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan ‘‘sub’ektiv mantiq,, iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq-toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. Mantiq oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida mantiq masalalari dastlab Parmenidning „Tabiat toʻgʻrisida“ asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib mantiq oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari mantiq masalalariga bagʻishlangan. Aristotel mantiqni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng mantiq, asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va mantiq mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning „Kitob ashshifo“, „Kitob annajot“, „Donishnoma“ asarlarida mantiqga doir fikrlari bayon etilgan. „mantiq bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir“, degan edi Ibn Sino. U mantiq ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning mantiqga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiq ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida mantiq masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa mantiq ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18-19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa mantiq shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. Mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
Gegelning fikriga ko’ra bu umuman fikrlash fani tomonidan qabul qilingan shakl. Uning fikriga ko’ra, shu paytgacha amal qilib kelinganidek, bu fan ‘‘yuqori nuqtai nazardan’’ to’liq va tubdab isloh qilishini talab qilinadi. Muqaddima oxirida u ‘‘Mantiq-bu Xudoning tafakkuri’’ deb yozgan. Uing belgilangan maqsadi mantiqq ilmi u avvalgi maqntiqning boshqa barcha tizimlarida uchraydigan odatdagi nuqson deb o’ylagan narsani yengib o’tishi kerak edi, ya’na ularning barchasi to’liq ajratishni nazarda tutgan edi.
Mantiq tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. Mantiqning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. Mantiq ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr-chin fikr deb ataladi. Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Yetarli asos qonuni, Uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang Induksiya, Deduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.
Mantiqiy fikrlash bu insonning bizni o‘rab turgan hamma narsani va harakatlar, narsalar yoki hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar yoki farqlarni anglash qobiliyati tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish va tasavvur qilish orqali kuzatish mumkin. Biroq, balog‘atga yetishish davrida biz mantiqiy fikrlashni hosil qila olamiz va kundalik hayotda yuzaga keladigan turli xil vaziyatlarni hal qilish uchun uni doimiy ravishda qo‘llay olamiz. Mantiqiy fikrlash doimiy ravishda turli xil ilmiy ishlarda qo'llaniladi, chunki bu avvalgi tajribalardan kelib chiqadigan turli xil yechimlar orqali ob'ektlarni, farazlarni, protseduralarni tahlil qilish, taqqoslash, aniqlash va farqlash imkonini beradi.
Mantiqiy fikrlash turlariga quyidagilari olishimiz mumkin;
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin