Nizomiy nomidagi TDPU “Magistratura” bo’limi boshlig’i, p.f.d., prof.
Ismoilova Z.N.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori, p.f.d., prof.
Mazkur ishchi dastur oliy o’quv yurtlarining magistratura 5A 140901 – Kasb ta`limi (5A 142001 – Mehnat ta`limi metodikasi) ta`lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan «Kasb ta`limi» fakulteti magistrantlari uchun mo’ljallangan. Dasturda magistrantlarning «Ta`lim muassasalarida metodik birlashmalar faoliyati» fanidan egallashi lozim bo’lgan bilim, amaliy ko’nikma va malakalarining minimumi belgilab berilgan. Dastur ta`lim sohasidagi islohotlar, kasb - ta`limi va uni amalga oshirayotgan pedagogik kadrlarga qo’yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olib tuzildi.
Dastur Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o’quv-metodik kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya qilingan.
1. Kirish Ushbu ishchi dastur oliy ta`lim muassasalarining mehnat ta`limi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo’ljallangan. Dasturda magistrantlarning ta`lim muassasalarida o’quv-uslubiy ishlarni tashkil qilish va boshqarish hamda metodik birlashmalar faoliyatini amalga oshirish bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar tarkibi, mazmuni yoritilgan.
Dastur ta`lim sohasidagi islohotlar, kasb ta`limi va uni amalga oshiruvchi pedagogik kadrlarga qo’yiladigan talablarni hisobga olgan holda tuzilgan.