O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Adabiyotlar: asosiy 1,3,5; qo’shimcha 3,4



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/12
tarix02.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

Adabiyotlar: asosiy 1,3,5; qo’shimcha 3,4.


2. Uslubiy ishlarning shakllarini tashkil etish. Rahbarning shaxsiy uslubiy ishlari. Jamoa shaklida tashkil etiladigan uslubiy ishlar shakllari.
Kasb ta`limi o’qituvchilarining shaxsiy uslubiy ishlari shakllari: mustaqil ta`lim olish, ilmiy-pedagogik adabiyotlarni va uslubiy qo’llanmalarni o’rganish; o’quv muassasasining uslubiy ishlarida ishtirok etish, ochiq darslarga kirish, tahlil qilish, o’rganish, umumlashtirish va faoliyatida qo’llash; o’z ijodkorligi bilan tayyorlangan ko’rgazmalari, dars ishlanmalari, ma`ruza matnlari, uslubiy majmualari, uslubiy qo’llanmalari va tavsiyanomalari bilan ko’rik-tanlov va tadbirlarda ishtirok etish; o’quv tarbiya jarayonini davlat ta`lim standartlari asosida aniqlik bilan rejalantirish; o’z ustida ishlash rejasini belgilash, maqsadli yangiliklarni o’rganish va tatbiq etishga qaratish; tajriba almashish, o’zaro darslarga kirish, murabbiylik ijod ustaxonasida ishlash, darslarni tahlil qilish; pedagogik va kasbiy malakasini oshirish.
Rahbarning shaxsiy uslubiy ishlari: davlatimizning ta`limga oid farmon va qarorlarini izchil o’rganish, ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash; fanning so’nggi yutuqlarini ta`lim jarayoniga tatbiq eish uchun o’quv adabiyotlar ,ilmiy-uslubiy qo’llanmalarni mustaqil o’qish; o’quv muassasasidagi muammolarni echishda pedagogik jamoa faoliyatiga tayanish; o’qituvchilar, ishlab chiqarish ta`lim ustalari, guruh rahbarlari, tarbiyachilar va o’kuv muassasalarining boshqa toifadagi xodimlari ishini o’rganish va tahlil kilish; - ularga pedagogik mahoratni egallashida, o’quv va darsdan tashqari mashg’ulotlar hamda tadbirlarni o’tkazish metodikasini takomillashtirishda yordam ko’rsatish, - ilg’or pedagogik tajribani aniqlash va o’rganish, kasb ta`limi o’qituvchilarga yordam ko’rsatish o’quv reja hujjatlarini, shaxsiy ijodiy rejalarini tuzish, fan va kasblarning aniq uslubiy ta`minoti bo’yicha materiallar ishlab chiqishda, ma`ruzalar tayyorlash hamda konferentsiyalar, pedagogik o’qishlar va boshqa chiqishlarda yordam berish; -o’qituvchilar va kasb ta`limi o’qituvchilarga ochiq darslarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazishlarida yordam ko’rsatish. Ochik darslarni, boshqa mashg’ulotlar va tadbirlarni shaxsan o’zi o’tkazib berishi; o’quv jarayoni amaliyotiga ilmiy natijalarni, ilg’or va ishlab chiqarish tajribalarini ko’llash, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni o’rganish va ulardagi o’quv - uslubiy ishlarni takomillashtirishga oid natijalarni qo’llash.
Pedagogik kengash, uslubiy komissiyalar, ilg’or tajriba maktablari, "yosh o’qituvchilar maktabi", seminarlar, konferentsiyalar, pedagogik o’qishlar, pedagogik mahoratni iamoyish etish bo’yicha "ustoz- shogird" maktabi faoliyati; uslubiy kengashlar, yo’riqnomaviy -uslubiy kengashlar, turli tadbirlar va boshqalar; Jamoaviy uslubiy ishlarning noan`anaviy shakllarini amalga oshirish usullari; pedagogik jamoa faoliyatini o’quv muassasasi oldida turgan muammoni birgalikda hal etishga qaratilgan bo’lib ta`lim va tarbiyaning uzviyligini ta`minlaydi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin