O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/12
tarix02.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

1.1.Fanning maqsadi va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad – oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi pedagog kadrlarning o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etish, rejalashtirish, olib borish va boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslari bo’yicha ularning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Fanning vazifasidavlat ta`lim standartlari asosida o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etish; bo’lajak pedagog kadrlarni o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyati mazmuni bilan tanishtirish, ilg’or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini chuqur o’rganish, umumlashtirish hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonga tadbiq etish asoslari bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirish; kasbiy ta`limda metodik birlashmalar faoliyati bo’yicha bilim, ko’nikmalarni shakllantirish; ta`lim muassasasi pedagogik jamoasining ta`lim muassasalarida ma`naviy – ma`rifiy ishlarni olib borish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish; ta`lim – tarbiya beruvchi kadrlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish; ta`limda uslubiy xizmatlar mazmuni haqida tushunchalar berish; ta`lim muassasalari uslubiy xizmat xonalari va ularning ta`minoti haqida bilimlar berish hamda uslubiy xizmat xonalarini jihozlash bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirish.




1.2.Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar:
“Ta`lim muassasalarida metodik birlashmalar faoliyati” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasida magistr:

    1. “Ta`lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur” qonunlari, ta`lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, takomillashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlarida yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori salohiyatli, malakali, raqobotbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo’yicha ilmiy-uslubiy asoslarni, ta`lim muassasalaridagi o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyati haqidagi bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda ushbu fanni o’zlashtirish natijasida bo’lajak pedagog kadrlar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:

    2. o’quv muassasalarida o’quv-uslubiy ishlarning maqsad va vazifalarini;

    3. o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishga quyiladigan talablarni;

    4. metodik birlashmalarning maqsadi, vazifalari va funktsiyalarini;

    5. o’quv-uslubiy ishlarning an`anaviy va noan`anaviy shakllarini;

    6. jamoa metodik shaklidagi uslubiy ishlarni;

    7. yakka tartibda bajariladigan o’quv-uslubiy ishlarni;

    8. seminar-trening dasturlarini tuza olishni va tashkil etishni;

    9. kafedra haftaliklarini tashkil etishni;

    10. o’quv uslubiy ishlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bera olishni;

    11. uslubiy xizmat turlarini;

    12. uslubiy xizmat xonalarini jihozlashni;

    13. pedagog kadrlarning kasbiy malakasi va mahoratini oshirish turlarini;

    14. O’quv muassasasining o’quv-uslubiy ta`minotini;

    15. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar yutuqlari bo’yicha tajribalarni umumlashtirish va targ’ibot qilishni.

Bo’lajak pedagog kadrlar quyidagi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerak:
Uslubiy xizmat xonalarini jihozlashni biladilar va quyidagi malakalarga ega bo’ladilar:

    1. o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishga qo’yiladigan talablar asosida uslubiy ishlarni noan`anaviy shakllarini tashkil etadilar va boshqara oladilar;

    2. o’quv -uslubiy ishlarning jamoa shakllarini tashkil eta oladilar;

    3. seminar trening dasturlarini tuza oladi va tashkil eta oladi;

    4. pedagogik o’kishlarni tashkil eta oladilar;

    5. yakka tartibda bajariladigan uslubiy ishlarni tashkil eta oladilar, yo’l-yo’riq bera oladilar;

    6. kafedra haftaliklarini tashkil etish bo’yicha yordam bera oladilar va maslaxatlar bera oladilar;

    7. shaxsiy uslubiy ishlarni bajara oladilar;

    8. uslubiy xizmat turlarini tashkil qiladilar;

    9. uslubiy xizmat xonalarini jihozlay oladilar.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin