26. Berilgan so‘zlarning qaysi birida n va g ikki alohida tovush hisoblanadi? 1) langar; 2) tenglik; 3) reyting; 4) alanga; 5) mangu; 6) ingliz.
A) 3,6 B) 1,4,5,6 C) 2,3,4,6 D) 1,3,6
27. Qaysi qatorda harflar yangi alfavit tartibida yozilmagan?
A) e , s, sh, ch B) f , h , k, sh C) n, o, p, r, s D) j, z, i, y, k, l
28. O‘rxun-Enasoy obidalaridagi yozuv yo‘nalishi qanday bo‘lgan?
A) o‘ngdan chapga B) chapdan o‘ngga C) balanddan pastga D) A va C.
29. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘z tarkibidagi tovushlar sonidan ko`p harf bilan qayd etilgan?
A) endi, yana; B) yanch, yung; C) aya, yayov; D) noyabr, ton;
30. Qaysi so‘z o‘z tarkibidagi tovushlar miqdoriga teng harf bilan qayd etilgan?
A) yacheyka; B) yeyarmon; C) yashang;
D) yalang
1-VARIANT (7- MA’RUZA: ORFOGRAFIYA)
1. Qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchisi noto‘g‘ri yozilgan?
A) ajdaho va ajdarho B) bekik va berkik C) bema’nilik va bema’nolik D) barcha javoblarda ikkinchi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan
2. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) tasavuf, tasaruf, tasavur B) xohish, mavhum, aqalli C) avf, ayuhannos, mone’ D) A, C.
3. Qaysi qatorda ayirish belgisining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) ma’zur, ma’bud, ma’yus B) ma’shum, ma’suliyat, ma’sud
C) ma’mur, ma’sum, ma’shuq D) mal’un, minba’d
4. Fonetik prinsip(tamoyil) asosida yozilgan so‘zlarni belgilang. 1) yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala;
7) yamoq; 8) yong‘oq; 9) yig‘loq; 10) o‘yinchoq.
A) 1,4,5,7,9 B) 1,2,3,5,6 C) 5,7,9 D) 1,5,7,9,10
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan qaroriga asosan tutuq belgisining vazifalari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hukmni aniqlang.
A) “s” va “h” harflari yonma-yon kelganda, ularni “sh” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi B) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan oldin kelib, uning oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun xizmat qiladi C) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun ishlatiladi. D) “n” va “g” harflari yonma-yon kelganda, ularni “ng” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |