1-VARIANT (6- MA’RUZA: GRAFIKA (YOZUV)
1. Nutq tovushlarining yozuvda ifodalanish usullarini qaysi bo‘lim o‘rgatadi?
A) orfoepiya B) orfografiya C) grafika D) fonetika
2. Arab yozuvida bitilgan eng eski turkiy yodgorliklar nechanchi asrga taalluqli va ular qaysilar?
A) VII asrlarga, O‘rxun–Enasoy yodgorliklari B) XIV asrlarga, A.Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari C) XI – XIII asrlarga, Sakkokiy va Atoiyning ba’zi she’rlari D) XI asrga, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan va Kohira nusxalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari
3. Lotin yozuvi asosidagi harflar tartibidan foydalanib, yurtimning so‘zi keltirib chiqarilgan qatorni toping.
A) 23,20,17,19,8,12,13,8,13. B)23,20,17,19,8,12,13,8,29
C) 23,17,19,8,12,13,8,29 D)22,19,17,18,8,12,13,8,29
4. Qaysi qatordagi so‘zlarda «ng» harfi bir tovushni ifodalamoqda?
A) tanga, jang, menga B) zang, ko‘ndalang, ingramoq C) durang, onangiz, nonga D) kongress, menga, singil
5. Baland boloxonali uy. Ushbu birlikda qanday holatda uyning balandligi anglashiladi?
A) baland so‘zidan so‘ng pauza bo‘lsa B) boloxonali so‘zidan keyin pauza bo‘lsa C) uchala so‘z orasida pauza mavjud bo‘lmasa D) har qanday holatda ham uyning balandligi anglashiladi
6. Tarkibidagi tovush va harflar soni bir xil bo‘lmagan so‘z qaysi qatorda qo‘llangan?
A) hikoyang B) ko‘ylak C) nomus D) poliz
7. Qaysi qatorda harflar alfavit tartibida yozilmagan?
A) j, z, i, y, k B) n, o, p, r, s C) f, x, ch, sh D) e, o‘, q, g`.
8. Bir unli yo bir undosh bilan farq qiladigan so‘zlar qatorini toping.
A) bilim, baliq B) kamon, zamin
C) bolg‘a, bolta D) boshliq, toshloq
Dostları ilə paylaş: |