24. XVI asrda yaratilgan “Abushqa” lug‘ati qaysi tilda tuzilgan?
A) arab tilida B) usmonli turk tilida
C) o‘zbek tilida D) fors tilida
25. O‘zlashma so‘zlarni toping.
A) boks, tomat, soldat B) baxt, aka
C) futbol, palto, vergul D) A, C.
26. Eskirgan so‘zlarni toping.
A) baynalminal, vazir, qalam B) g‘or, o‘ra, chuqurlik
C) qit’a, charx, chig‘iriq D) paranji, charx, chig‘iriq
27. Oralaridan mushuk o‘tdi iborasi qanday ma’noni bildiradi?
A) quvlamoq B) uzoqqa bormoq
C) hayvon boqmoq D) urishib qolmoq
28. Quyida ko‘rsatilgan xususiyatlardan qaysi biri frazeologik birikmaga xos?
A) nutq jarayonida hosil qilinadi B) lug‘aviy birlik hisoblanadi C) obrazliligi kuchli bo‘ladi hamda xotirada xuddi so‘zlar singari tayyor holda saqlanadi D) B va C.
29. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, shamol B) kitob, maktab, xalq, shoir, ma’no, oila C) stol, stul, ruchka, pero, pechka, parta D) limonzor, sportchi, tilshunos, ilmli, maktabdosh, shoirona
30. Tilshunoslikka oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A) inqilob, podshoh, feodal, dehqon B) yuklama, paronimlar, son, hol C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol D) fonendoskop, terapevt, oddiy tasvir
1-VARIANT (5- MA’RUZA: F O N E T I K A)1-PP
1. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida faol ishtirok etuvchi nutq a’zolari qaysi qatorda berilgan?
A) pastki jag‘, kekirdak, til, lablar B) til, tovush paychalari, lablar C) burun, kichik til, lablar D) til, kekirdak, tovush paychalari
2. Qaysi undosh tovush lablar bir-biriga yaqinlashganda, oradagi tirqishdan sirg‘alib chiqadi?
A) d B) s C) v D) p
Dostları ilə paylaş: |