15. Quyidagi iboralarning qaysi biri uzun so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘ladi? A) ikki enlik B) ikki odim C) ikki qadam D) bir chimdim 16. Quyidagi iboralarning qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi? A) dumini tugmoq B) ko‘zlari yashnamoq C) ko‘z tikmoq D) qo‘li egri 17. Qimmat so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani toping. A) oshig‘i olchi B) mehri baland C) suv tekin D) bozori chaqqon 18. Bezovta so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani toping A) ko‘zi och B) qo‘li ochiq C) ko‘ngli to‘q D) cho‘ntagi baquvvat 19. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri pul birligi ma’nosini bildirgan? A) chelak B) paqir C) moyana D) oylik 20. 1981-yilda nashr etilgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" necha jilddan iborat? A) 1 jild B) 2 jild C) 4 jild D) 5 jild 21. Qaysi qatorda ibora yo‘q? A) Ming xil masala bilan bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. B) Tepa sochi tikka bo‘ldi. C) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik. D) O‘rmon malikasi – archani ehtiyot qiling. 22. Tasviriy ifoda qaysi qatorda? A) Kechadan beri Marasul to‘nini teskari kiyib oldi. B) Anorxon, so‘zimga birpas quloq osasizmi? C) Saidaning yuragiga qil sig‘maydi. D) Aql gimnastikasi – matematikani seving. 23.1) Mohir shifokor, mehribon onaning yumushlari bir olam. 2) Hadisdagi ushbu ibratlarning mazmuni bir olam. 3) Sohibjon akaning sevinchi bir olam. 4)Zavq shavq bilan gulxanga gugurt chaqasiz, olov gurillab yonishi o‘zi bir olam.Ushbu gaplarda qo‘llangan bir olambirikmasining sinonimlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A)1) ko‘p; 2) keng;3) cheksiz;4) ajoyib B) 1) ko‘p; 2) ajoyib; 3) cheksiz; 4) keng C) 1) cheksiz; 2) ko‘p; 3) keng; 4) ajoyib D) 1) keng;2) cheksiz; 3) ko‘p;4) ajoyib