7. Quyida berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga qaysi qatordagi qo‘shimchalarni qo‘yish mumkin? U... voqea... bexabar ekani... bilib, butun vujudi... yengib bo‘lmas bir horg‘inlik sezdi.
A) -ni, -ga,-dan, -da B) -dan,-ni, -ning, -ka C) -ning,-dan,-ni,-da D) -ni, -dan, -qa, -ning
8. Tushum kelishigining belgisiz ishlatilishi asosan qaysi so‘z turkumlariga xos?
A)ot turkumidagi barcha so‘zlarga xos B) faqat turdosh otlarga xos C) ot, olmosh, sifat va songa xos D) ot va olmoshga xos
9. Qaysi grammatik ma’no maxsus ko‘rsatkichga ega emas?
A) bosh kelishik B) otlarda birlik C) bo‘lishsizlik D) A, B
10. Tushum kelishigi shaklida qo‘llangan otlar qatorini toping.
A) nomardni, achchiqni, nodonni B) tomoqning, rassomning, kulgining C) yaxshilikni, go‘zallikni, badiiylikni D) adashganni, intilganni, o‘qiganni
11. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k yoki g tovushi bilan tugagan otlarga qo‘shilgan qatorni toping.
A) chelakda, o‘rdakda, terakda B) elakka, idrokka, bargga
C) qarsakdan, balandlikdan, darslikdan D) jimlikni, xashakni, o‘zlikni
12. Ko‘k... boqma, ko‘p... boq. (maqol) Nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalarini qo‘yish mumkin?
A) qaratqich kelishigi B) jo‘nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi
13. Qaratqich kelishigini olgan otdan so‘ng keluvchi so‘zda qanday qo‘shimcha mavjud bo‘ladi?
A) ko‘plik qo‘shimchasi B) shaxs-son qo‘shimchasi C) egalik qo‘shimchasi D) kelishik qo‘shimchasi
14. -ga qo‘shimchasining ko‘rinishlari to‘g‘ri belgilangan javobni toping.
A) k tovush bilan bitgan otlarda -ka shakliga ega bo‘ladi. B) g‘,q tovushi bilan bitgan otlarda -qa shakliga ega bo‘ladi. C) mumtoz adabiyotda -ga, -na, -a shaklida ham uchraydi. D) A, B, C
Dostları ilə paylaş: |