14. -lar qo‘shimchasi hurmat ma’nosini anglatganda egalik qo‘shimchasiga nisbatan qanday holatda joylashadi?
A) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi B) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan oldin qo‘shiladi
C) I, II shaxslarda egalik qo‘shimchasidan keyin, III shaxsda egalik qo‘shimchasidan oldin qo‘shiladi D) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan keyin hurmat, oldin joylashsa ko‘plik ma’nosi anglashiladi
15. Qaysi qatorda ot antonimlar mavjud?
A) keldi–ketdi B) savol-javob C) oq-qora D) o‘y-xayol
16. Ot sinonimlar berilgan qatorni toping.
A) odam – inson - kishi – kimsa – bashar
B) avval – ilgari – burun – oldin – qadim
C) hamma - barcha – bari – jami – butkul
D) uyatsiz – benomus – behayo – hayosiz
17. Otlarning gapda bajaradigan vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) undalma bo‘lib keladi B) bosh bo‘lak vazifasini bajaradi C) ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib keladi D) A,B,C.
18. Faqat mavhum otlar qatorini toping.
A) bola, daftar, qishloq B) gul, zafar, shahar C) shodlik, sevgi, kulfat D) yo‘l, daraxt, vodiy
19. Mavhum otlar qatorini toping.
A) uyqu, jahl B) soch, kiprik C) quyosh, tutun D) gul, orzu
20. Atoqli ot asosida paydo bo‘lgan turdosh otlar qatorini toping
A) asal, rayhon, arslon, muhabbat B) anor, lola, shirin, to‘qson C) yetmish, bultur,turdi, ra’no D) rentgen, xosiyatxon, michurinchilar, amper
21. Faqat turdosh otlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini toping.
A) Ergash, Lobar, Gulchehra, To‘xtamurod B) Juma, Bahri, Rayhon, Nilufar C) Ulug‘, Suluv, Dilbar, Go‘zal D) Ortiq, Quvonch, Xursand, Vali
22. Mavhum otlarni aniqlang.
A) do‘stlik, baxt, quvonch B) Suhrob, Feruza, shahnoza C) suv, g‘o‘za, shiypon D) bug‘doy, arpa, zig‘ir
Dostları ilə paylaş: |