19. Qaysi so‘z turkumlari yasalmaydi? 1) sifat; 2) son; 3) olmosh; 4) ravish; 5) taqlid so‘zlar; 6) undov so‘zlar.
A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 2,3,5,6
20. Yasama so‘zni toping.
A) Berilgan so‘zlar tub so‘zlar. B) tibbiy C) samimiy D) milliy
21. Yasama so‘zlarni aniqlang: 1) dukurla; 2) bukla; 3) ishqala; 4) o‘yla; 5) qashila 6) tipirchila.
A) faqat 1 va 4. B) barcha qatorda yasama so‘zlar berilgan C) 1,2,4 – yasama so‘z, 3,5,6 – ma’noli qismlarga ajralmaydi. D) 1,2,3,4
22. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan yangi so‘zlar qatorini aniqlang.
A) g‘uborsiz, sharsimon, ishchan B) do‘stlik, gulzor, qalamdon C) sadarayhon, sotib olmoq, tuyaqush D) ishla, ko‘kar, bo‘sha
23. 1) fikr-mulohaza; 2) ota-ona; 3) kuch-qudrat; 4) ko‘rpa-to‘shak; 5) mehr-muhabbat; 6) yigit-qiz; 7) qiz-juvon. Berilgan juft so‘zlardan qaysi biri -lar qo‘shimchasiz ishlatilmaydi?
A) 1,3,6,7 B) 3,4,6,7 C) 4,5 D) 5,6
24. Kamlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli bor. Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning miqdorini va qaysi so‘z turkumidan yasalganini aniqlang.
A) 2 ta yasama so‘z; ot va olmoshdan yasalgan B) 3 ta yasama so‘z; ravish, ot va sifatdan yasalgan C) 2 ta; ravish va otdan yasalgan D) 2 ta yasama so‘z; ravish va olmoshdan yasalgan.
23. 1. Har doim ham emas, unda-bunda qo‘shiq xirgoyi qilib turaman. 2. Shaharma-shahar yurib, bola-chaqalarini unda-bunda kelib ko‘rar edi. 3. Unda-bunda katta osma chiroqlar charaqlaydi.4. Unda-bunda biznikiga kelib turadi. 5. Unda-bunda ko‘zga tashlanayotgan daraxtlar shu atrofda suv borligidan dalolat berardi. Ushbu gaplarning qaysi biridagi juft so‘zlar o‘rin ma’nosini bildiradi
A) 1,2,4 B) 3,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3
Dostları ilə paylaş: |