Asos va qо‘shimchalar imlosi
33. Qо‘shimcha qо‘shilishi bilan sо‘z oxiridagi unli о‘zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qо‘shimchasi qо‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla-saylov, sina-sinov, aya-ayovsiz; sо‘ra-sо‘roq, bо‘ya-bо‘yoq; о‘yna-о‘ynoqi, sayra-sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan kо‘pchilik fe’llarga -v, -q qо‘shimchasi qо‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: о‘qi - о‘quvchi, qazi - qazuvchi, sovi - sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qо‘shimchasi qо‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri-og‘riq, qavi-qaviq kabi.
Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qо‘shiladi: ol-oluv, yoz-yozuv kabi;
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qо‘shiladi: uz - uzuq, yut - yutuq kabi.
Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bо‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
34. k, q undoshi bilan tugagan kо‘p bо‘g‘inli sо‘zlarga, shuningdek, bek, yо‘q kabi ayrim bir bо‘g‘inli sо‘zlarga egalik qо‘shimchasi qо‘shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak - tilaging, yurak-yuragim, kubok-kubogi, bek-begi; tayoq-tayog‘i, qо‘shiq-qо‘shig‘i, yaxshiroq-yaxshirog‘i, yо‘q-yо‘g‘i kabi. Lekin kо‘p bо‘g‘inli o‘zlashma sо‘zlarga, bir bо‘g‘inli ko‘pchilik sо‘zlarga egalik qо‘shimchasi qо‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok-ishtiroki, ocherk-ocherki, erk-erki, huquq-huquqim, ravnaq-ravnaqi, yuq-yuqi kabi.
35. Quyidagi qо‘shimchalar qо‘shilishi bilan sо‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) о‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bо‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi sо‘zlarga egalik qо‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qо‘shimchasi qо‘shilganda, ikki, olti, yetti sо‘zlariga -ov, -ala qо‘shimchalari qo‘shilganda ikkinchi bо‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin-о‘rnim, qorin-qorni, burun-burning, о‘gil-о‘g`ling, kо‘ngil-kо‘ngli, yarim-yarmi; qayir-qayril, ulug‘ - ulg‘ay, sariq-sarg‘ay, ikki-ikkov, ikki-ikkala, yetti-yettov kabi;
2) u, bu, shu, о‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha qо‘shimchalari qо‘shilganda n tovushi qо‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, о‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qо‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, о‘shanisi kabi;
3) o, о‘, u, e unlilari bilan tugaydigan sо‘zlarga egalik qо‘shimchalari quyidagicha qо‘shiladi:
a) kо‘pchilik sо‘zlarga egalik qо‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qо‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obrо‘; mavqe, mavzu, avzo sо‘zlariga I, II shaxs egalik qо‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qо‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obrо‘yim, obrо‘ying; obrо‘yimiz, obrо‘yingiz kabi; III shaxs egalik qо‘shimchasi parvo, avzo, obrо‘ ; mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qо‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan sо‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi);
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qо‘shimchalari qо‘shilganda qо‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.
Dostları ilə paylaş: |