24. Kk harfi kо‘l, kо‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi sо‘zlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25. Yy harfi yо‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi sо‘zlarda til о‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
26. Ng ng harflar birikmasi yangi, kо‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi sо‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.
27. Qq harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi sо‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
28. G‘g‘ harfi g‘oz, bag‘ir , tog‘ kabi sо‘zlarda chuqur til orqa jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29. Xx harfi xabar, xо‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi sо‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30. Hh harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi sо‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi bо‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; dо‘st, artist, g‘isht kabi sо‘zlarda d, t tovushi ba'zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi о‘zlashma sо‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday sо‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qо‘shilsa, sо‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32. ’ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi о‘zlashma sо‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning chо‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qо‘yiladi; mо‘jiza, mо‘tadil, mо‘tabar kabi sо‘zlarda о‘ unlisi chо‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qо‘yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi о‘zlashma sо‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qо‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |