O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


Frazeologik birliklarning variantliligiga ko`ra ko`ra tasnifi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə91/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Frazeologik birliklarning variantliligiga ko`ra ko`ra tasnifi
Leksik variant deganda ibora tarkibidagi mustaqil so`z turkumiga oid so`zi o`zgartilishi nazarda tutiladi. Masalan: o`yga cho`mmoq – o`yga botmoq, og`ziga tolqon solmoq – og`ziga so`k solmoq va b.
Grammatik variant deganda ibora tarkibidagi biror Grammatik qismning almashtirilishi nazarda tutiladi. Masalan: o`tirgani joy topolmaslik – o`tirishga joy topolmaslik, holdan toymoq – holdan toydirmoq.


Tasviriy ifoda (parafraza)

Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so‘z birikmasi tasviriy ifoda (yoki parafraza) dеyiladi: qushlar - qanotli do‘stlar; fazogirlar - samo lochinlari; makkajo‘xori - dala malikasi; paxta - oq oltin, rassomlar – mo‘yqalam sohiblari. Tasviriy ifodalardagi bitta so‘z har doim o‘z ma'nosida bo‘ladi, shu bilan ular iboralardan farq qiladi. Tasviriy ifodalar ham omonimlik, sinonimlik xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Omonim tasviriy ifodalar: aql gimnastikasi – 1) matеmatika; 2) shaxmat, qora oltin – 1) nеft; 2) ko‘mir. Sinonim tasviriy ifodalar: g‘azal mulkining sultoni va o‘zbеk tilining asoschisi – Alishеr Navoiy; uyg‘onish fasli va fasllar kеlinchagi – bahor.


Leksikografiya

Tildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik (yoki leksikografiya ) shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kеlingan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy tomonidan XI asrda yaratilgan “Dеvonu-lug‘otit-turk”, XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan “Abushqa” lug‘atlari tarixdan bizga ma'lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:


1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi prеdmеtlar, hodisalar haqida ma'lumot bеriladi. "O‘zbеk milliy ensiklopеdiyasi", "Salomatlik ensiklopеdiyasi", "U kim, bu nima” kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin