46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun Boshlang’ich sinflarda unga ta'rif berilmaydi.
Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g‘ri ilmiy tasawur amaliy mashqlar yordamida hosil
qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so’zning leksik ma'nosi
so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil
lug‘aviy ma'noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu
davrda taiaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuziJishini bilib oladilar. Ular so’zni
tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya'ni so’zni bo’g‘inlarga bo’ladilar, so’zdagi 210
tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tbmondan tahlilni harf tomondan tahlil
bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g‘ri tasawur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki
o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g‘ri talaffuz qilish
uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush
tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini
takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Malumki, nutq tovushiari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz bo’shlig‘idan
erkin ravishda o’tadi, nndosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz bo’shlig‘ida to’siqqa
uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar
talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba'zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g‘in hosil qiladi, undosh tovushlar
bo’g‘in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1sinfdanoq
bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a'zolarining vaziyatini
kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar 4sinfda davom ettiriladi va
umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli I va undosh tovushlarni
puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish
vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini
taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan
ifodalanadi. 1sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib
olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
d) harf — tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yo’l qo’yadilar. Ularda
grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur: . 1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo„ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bittay harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).