O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə40/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

8. Krossvord yechish.
Topshiriqlar:
Bo’yiga: 1. She'r yozadigan odam.
Eniga: 2. Shoir yozadigan janr. 3. Shoirning ismi. 4. Shoirning familiyasi.
9. Uyga vazifa. Keyingi darsdagi sinfdan tashqari o’qish uchun asarlar tavsiya qilinadi,
Anvar Obidjon she'rlaridan yod olib kelish topshiriladi, sahna asarlarini rollarga bo’lib o’qishga
tayyorlanib kelish, she'r va sahna asarlari mazmuniga mos rasmlar chizish vazifa qilib beriladi.
o’quvchilarning o’zlari ham she'r yozib kelishlari mumkinligi aytiladi.
10. Darsni yakunlash. o’qituvchi keyingi STO’ darsida qaysi bolalar yozuvchilari ijodi
bilan tanishishni istashlarini so’raydi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag‘batlantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarini rejalashtirish
Boshlang’ich ta‘lim jarayonida o’quvchilar badiiy va ilmiyommabop kitoblarni mustaqil
o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmunmohiyatini tushunadigan bo’lishlariga erishish lozim.
Bu jarayonda o’quvchilarning faqat kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga
ham qiziquvchan faol kitobxon bo’lishlariga e‘tibor qaratiladi.
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o’qish davomida o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan
bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o’qigan kitoblarini, ulardagi
qahramonlarning xattiharakatlarini baholash, asar sujetidagi muhim o’rinlarni ajrata olish,
sinfdan tashqari o’qish kundaligi yuritish kabi ko’nikmalarni egallash beigilab berilgan.
Sinfdan tashqari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib,
o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat
uyg‘otadi. Shuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xilmaxil bo’ladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi
kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarda
asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil
elementlari o’qituvchi savollari asosida o’quvchilar ongiga singdirila boriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o’tkaziladi. Darslar
rejasi butun o’quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o’rgatish,
bilimini boyitish va o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishdir. o’quvchilarga sinfdan tashqari
o’qish darslarida o’qishlari zaair bo’lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan
ko’rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitqb ko’rgazmalari tashkil etiladi.
Bu jarayonda kitob muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni
tanibbilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish
muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o’qish
ko’nikmalarini shakllantirish, ularni o’qigan asari mazmunini qisqacha so’zlab berishga o’rgatish
lozim.
O’qish mavzusi sinfda o’qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg‘unligiga, ta‘limtarbiya
birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda
asarlar tanlanadi.
Sinfdan tashqari o’qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan, quyidagicha rejalashtirilishi
mumkin:
1. Gullayashna hur O’zbekiston!
2. Mustaqillik — oliy ne'rnat.
3. O’zbekistonning qahramon o’g‘lonlari.
4. Tabiat — bizning uyimiz.
5. Odob — oltindan qimmat.
6. Ona tilim — jonu dilim.
7. Bilim ol, hunar tanla! va boshq.
Boshlang’ich sinflarda STO’ darslarini rejalashtirishda quyidagilarga asoslaniladi:
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy an'analarimiz bilan bog‘liq bo’lishiga.
2. STO’ darslarini sinfdan sinfga o’tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida kengaytirib
borishga.
3. Sinfda o’qish darslarida o’rganiladigan mavzular bilan bog‘liq bo’lishiga.
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog‘liq holda ularning ijodini
o’rganishga.
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olishga.
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo’lishiga.
7. STO’ uchun beriladigan topshiriqlaniing ijodiy xarakterda bo’lishiga.
8. o’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmalarining shakllanishiga e‘tiborni kuchaytirish va
rahbarlik shakllarining xilma-xil bo’lishiga.
4-sinfda (STO’ning asosiy bosqichi) STO’ darslarining bir yillik taxminiy rejalashtirilishi
quyidagicha bo’lishi mumkin:
Tavsiya etiladigan asarlar Ajr. soat Vaqt!

Vatanimni sevaman


A.Avloniy ,,Vatan", X.To’xtaboyev ,,Omonboy va
Davronboyning sarguzashtlari", Sh.Xolmirzayev ,,Oqtosh"
hikoyasi, O.Yoqubov ,,Sho’rtan gazchisi", A.Obidjon
,,Vatan", Q.Ota ,,Vatan timsoli", ,,O’zbekiston", A.Akbar
,,O’zbek clim", K.Turdiyeva ,,Vatan iqbol kutar", R.Nazar
,,Vatan tuyg‘usi", O.To’xtash ,,OnaVatan".
1
Sentabr
2
T. Adashboyev — bolalar
shoiri
,,Biz sayohatchilar", ,,Arslonbop sharsharasi",
,,Surnay", ,,Nur daryo", ,,Guldasta", ,,Olatog‘ lolatog'",
,,Oqbura to’lqinlari", ,,Sovg‘a", ,,Tuproq",
,,Jasorat".
1
Sentabr
3
Ustozlarni e'zozlaymiz
K.Turdiyeva ,,Ustozlar", ,,Bo’ling harfga hurmatda", A.
Obidjon ,,Kkobni ko’p o’qiydigan ukam", S.Jo’ra
,,Tinish belgiiarining majlisi", A. Muxtor ,,Hafta",
D.Matjon ,,Suflyor", T.Adashboyev ,,Ustozlarga
bag‘ishlov", ,,O’qituvchim".
1
Oktabr
4
Ona tilim — jonu dilim
X.Safarov ,,Savollarga javoblar", M.A'zam
,,Ona tilim", ,,TiI darsi", T. Adashboyev ,,Ona tilim" va
til haqidagi hikmatlar, maqollar.
1
Oktabr
5
Tabiatni asrang
T.Adashboyev ,,To’rt amal", T.Yo’1dosh ,,Uzumlar
oilasi", ,,Yerning tili", Y.Sulaymon ,,Kuz", E. Vohidov
,,Shaftoli", ,,Terak", ,,Archa", ,,Majnuntol", ,,Nashvati", S.
Jabbor ,,Ko’chatim", M. Murodov ,,Dala xunuk bo’lib
qoladi", A.Akbar ,,So’rov", R.Nazar ,,Yordam qushi",
R.Tolib ,,Tabib ko’klam", ,,Orolim", Q.Hikmat
,,Uch o’rtoqning sovg‘asi".
1
Noyabr
6
Ertaklar olamiga sayohat
bolaning parvozi", ,,Yana uchar ot haqida", ,,O’qilon va
ot", ,,O1tin shoxli kiyik", P. Mo’min ,,Tish cho’tka,
poroshok va atir sovun ertagi", J. Rahim ,,Bir butun oy va
o’n ikki yulduz", Z. Diyor ,,Yuksak tog‘, keng o’tloq va
mard o’rtoq haqida qissa", T. Adashboyev ,,Adolatli
qozi", S.Marshak ,,Tentak ovchi", S. T. Aksakov ,,Sirli
qizil gul".
1
Noyabr
7
Qomusimiz qonunimiz Qambar Ota ,,Baxt qomusi". 1
Dekabr
8
Qushlar bizning do’stimiz
S.Ochil ,,Qushlar qo’shig‘i", M.A'zam ,,Kaklik",
,,Musichaning arazi", ,,Ikkita qorashaqshaq va bitta qora
mushuk", ,,Mening vafoli qarqunog‘im".
1
Dekabr
9
Vatan posbonlari
E.Ro’zimatov ,,Vatan raadadkor bo’1g‘ay", T.
Adashboyev ,,So’nggi jang", ,,Yo’lchi yiilduz", A. Obidjon
,,Yaroq".
1
Yanvar
10
A. Obidjon — bolalarning
sevimli shoiri
,,Ona yer", ,,Bahromning hikoyalari", ,,Ey, yonig‘
dunyo", ,,Olovjon va uning do’stlari", ,,Ketmagil",
,,BezgaksliamoI", ,,Masxaraboz bola", ,,Juda qiziq voqea",
,,Oltin yurakli Avtobola", ,,Dahshatli Meshpolvon",
,,Yerliklar", ,,Ajoyibxona", ,,Meshpolvonning janglari",
,,Alisher ila Husayn yoki uch dono va o’g‘ri", ,,Oltiariq
hangomalari", ,,Bulbu!ning cho’pcliaklari",
,,BezgakshamoI — 2"
1
Fevral
372
11
Navdiy — buyuk daho
Oybek ,,Bola Alisher". 1
Fevral
12
O’tmishni o’rganish —
burchimiz
G‘.G'ulom ,,Shum bola", Sh.Bo’tayev ,,Usta va
charxpalak", S.G'ofurov ,,A'zam tut", S.Barnoyev
,,Minora", E.Malikov ,,Xotira", M.A'zam ,,Temur vamulla
Alibek", ,,Ikki Temur", ,,Buxoriy darsi", ,,Ulug‘bek va o’qli
Abdurahmon", ,,Qodiriya qasabasi va Abdulqodirning
to’g‘riso’zligi", T. Adashboyev ,,Yassaviy zurriyodlari".
1
Mart
13
Mening mehribon
onajonim
K.Turdiyeva ,,Qush bo’lib uchgan ona", Y. Shukurov ,,Ona
mehri".
1
Mart
14
Navro’zi olam — yashardi
olam
N.Ostonov,,Bahor", ,,Hamal", T.Adashboyev,,Navro’z",
,,Boychechak", E.Baxt ,,Moychechakning qalpog‘i",
O.To’xtash ,,Kuz faslida", H. Imonberdiyev
,,Turi)aiar", R.Nazar ,,Gullagan olclia", Q. Muliammadiy
,,Bahor keldi", ,,Gullar" turkum she'rlari, Z.Diyor
,,Binafsha", A.Abdurazzoq ,,Dunyo".
1
Mart
15
Bor bo’lsin tinchlik
S.Barnoyev ,,Tinchlik qo’shig‘i", Q.Rahmat ,,Dil
so’zlari", H.OIimjon ,,Vatan", LMusIim ,,Do’stlik",
O.Rasul ,,Tinchlik yashar"
1
Aprel
16
Abdurahmon Akbar ijodini
o’rganamiz
,,Shoir dadam haqida she'riy hikoyalar", ,,Kichkintoy va
paxtaoy", ,,So’zlovchi yomg‘ir", ,,Yozning tug‘ilgan
kuni", ,,Kuylayotgan bog‘", ,,O’yinqaroq bulutcha",
,,O’rdakcha", ,,Jonli savatcha" to’plamlari.
1
Aprel
17
Tengdoshlar hayotidan
I.Mahmudov ,,O’rik", E. Rahimov ,,Portlash", Y.
Sa'dullayeva ,,Ko’cha to’la bolalar", S.G'ofurov ,,Teshik
kulcha", Y. Rahmonova ,,Qasos", A. Akbar ,,Mishmishvoy"



Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin