O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə36/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari
I. 1sinfda (tayyorlov bosqichi) STO’ darsi.
Mavzu: Cho’pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar haqida ma‘lumot berish;
b) o’quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
Darsning borishi
1. Kirish suhbati.
O’quvchilardan vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi.
To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon
ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, ,,Cho’pon yigit Shiroq" degan afsona
yaratgani aytiladi.
366
2. ,,Cho’pon yigit Shiroq" afsonasi o’qib beriladi.
3. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi:
— Afsona sizga yoqdimi?
— Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan?
— Shiroq nima uchun xanjari bilan burai, quloqlarini kesadi?
— Keyin Shiroq kimning oldiga boradi?
— U shoh Doroga nima deydi?
— Shiroq Doro qo’shinlarini qayerga ofib boradi?
— Shiroq nima deb hayqiradi?
O’quvchilar javobi umumlashtiril
4. Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi. Bu jarayonda asar mazmuni yuzasidan
rasmlarga bog‘lab qisqacha suhbat uyushtiriladi.
5. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig‘i beriladi. o’quvchilarga otaonalaridan
qahramonlar haqida ertak, hikoya bilib kelishlari va otaonalariga Shiroq haqida gapirib berishlari
aytiladi.
II. 2sinfda (Boshlang’ich bosqich) STO’ darsi.
Mavzu: Tabiat — mening uyim.
Darsning maqsadi: she'r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, ko’nikma va
malakalarni rivojlantirish, she'r o’qish sifatlarini takomiliashtirish., tabiatga mehrmuhabbat
hissini kuchaytirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin