1. Kitobni targ‘ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki
maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqtivaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriiadi,
ko’rgazmalar tashkil qilinadi. o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
365
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. o’quvchilarning o’qigan kitoblari
yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy
kutubxonalari bilan tanishiladi, otaonalar bilan suhbat o’tkaziladi.
3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan
uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1sinf o’quvchilari o’qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga
a'zo bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning kitobxonlik kundaligidan
foydalaniladi. 1sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga
yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini
qo’shib yozadilar. 3-4sinflarda o’qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o’z
mulohazalarini ham qo’shishlari mumkin.
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og‘zaki tarzda harn hisobga olinadi: ular o’qiganlari
yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda
gapirib beradilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining bosqichlari
bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinehidan, oldinga qo’yilgan tarbiyaviy
vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi,
Boshlang’ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar o’qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini
taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o’rgatiladi.
Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda
haftada 1 marta, 3-4sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. o’quvchilar mustaqil o’qishga
o’rgatiladi, ular ,,G'uncha", ,,Gulxan", ,,Bilimdon" jurnallari, ,,Tong yulduzi" gazetasi bilan,
ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, qardosh va chet el adabiyoti
yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar
bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab,
rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyiishtiriladi. Shu
tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yiirita oladigan kitobxon Shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta
hikoyalash, insenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan
keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |