O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə34/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi. Bunda o’quvchilarga vatanimiz
o’tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq qahramonlari, xalq turmushi haqidagi, oilada, maktabda
va jamoat joylarida o’zaro munosabatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolar haqidagi,
tabiat va uni asrabavaylash haqidagi kitoblar tavsiya etiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilmaxilligi e‘tiborga olinadi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she'rlar, topishmoqlar,
rnaqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 1sinfda kichik
hikoya va ertaklarni o’qish tavsiya etilsa, 2—4sinflarda mavzular doirasi kengaytirilib, kundalik
turmushda ro’y berayotgan turli voqealar tasvirlangan asarlar, gazeta va jurnallardagi kichik
hajmli xabarlarni o’qish ham tavsiya etilishi mumkin.
4. Kitob tanlashda o’quvchilarning Shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga
olinadi. Bunda o’quvchilar o’ziga qiziqarli bo’lgan o’zbek va xorijiy bolalar adabiyoti
yozuvchilarining asarlarini o’zi tanlashi muhim ahamiyatga ega.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Umuman olganda, kitobni to’g‘ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini
ta'minlashning muhim shartidir.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik shakllari
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday
darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim
doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol
kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning
uchun ularning qurilishi juda xilmaxil bo’ladi Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi
hisoblanadi; darsda qanchalik xilmaxillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson
kechadi.
Shularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun
ma'lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va
o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikkiuch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob
haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari
vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lartavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari
turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish,
o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish,
rasmlarni ko’rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi
kattaroq bo’lsa, bu ish ikkiuch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari
o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda
o’qishdan ham, she'r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
4. Har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari amalga
oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun ,,Senga asardagi nimalar yoqdi?", ,,B" kitob haqida
sen nimalar ayta olasan?" kabi savollar beriladi va o’quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta
hikoyalash malakalari shakllantiriladi.
5. Har bir darsda ma'lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida
ma‘lumotlar to’plash, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanligini aytish, o’qilgan asarlar
yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, albomlar tayyorlash, kitobxonltk
kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi.
6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o’qish darslarida qo’llanadigan
barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.
7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat
uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham
yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mavjud bo’lib, ular
barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta'minlaydi,
STO’ darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakHarga quyidagilar kiradi:

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin