3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2—4sinflarga to’g‘ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning
o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari
baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o’qigan kitoblarining sifat
o’zlashtirishiga, miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e‘tibor beriladi. Bunda
o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini
ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
STO’ning bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari
bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa,
o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayla hikoyalash o’tkazilsa, Boshlang’ich bosqichda butun sinf
o’quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar.
Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda
o’qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko’rsatilishi,
musiqiy daqiqalar o’tkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham
mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, ,,Ertaklar bayrami", ,,Ifodali o‘qish tanlovi" o’tkaziladi.
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan
yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil
o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar
ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: