O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


musobaqasi", ,,Ertak to‘qish", ,,Bilimdonlar anjumani"



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə32/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

musobaqasi", ,,Ertak to‘qish", ,,Bilimdonlar anjumani" kabi ko’riktanlovlar tashkil qilish,
muayyan mavzular bo’yicha savoljavoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish
zarur. o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, ,,Kitob haftaligi" tashkil etish, asarlar
asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi.
STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog‘liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun
zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’quvchilarning o’qigan asarini tushunishga
o’rgatadi, Lug’atini boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning
bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash
vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
Hozirgi paytda Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga
mo’ljallangan ,,Kitobim — oftobim" (1—3sinflar uchun) nomli qo’llanmalar ham chop etilgan.
Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari
STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi.
Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1sinfning savod o’rgatish davriga to’g‘ri keladi. Unga darsning
bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STO’ Mashg’uloti" deb yuritiladi. Uning o’ziga
xos xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo’lishiga va
boshqa kitob tanlash tamoyillariga e‘tibor beradi. Asarni o’qituvchining o’zi o’qib beradi.
o’quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar
mazmimi bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga
o’rgatiladi. Bu bosqichda o’quvchilar o’qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo’lish
bilan tanishadilar.
2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1sinfning 2yarim yilligiga to’g‘ri keladi. Bu bosqichda
haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o’qishdan oldin o’quvchilar asar ,nomi va
uning muallift bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina
qilib asar muallifmi va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlll qilinadi. Tanlangan asar
(kitob) yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson
o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga
qiziqish uyg‘otadi. Bu bosqichda o’quvchilar har xil tezlikda bo’g‘inlab o’qiydilar. Shuning
uchun o’qituvchi bu jarayonda har bir o’quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni
kitobni mvistaqil o’qishga o’rgata borishi lozim.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin