O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə42/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Savol va topshiriqlar
1. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda qanday tamoyillarga asoslaniladi?
2. Sinfdan tashqari o’qish tizitnida sinfdan tashqari o’qish darslarining o’rni va rolini
ayting.
3. Slnfdan tashqari o’qish darsini o’qish darsiga qiyoslang, ularning xususiyatlarini ayting.
4. Sinfdan tashqari o’qish darsiga qo’yilgan asosiy talablarni aytib bering.
5. Tayyorgarlik, Boshlang’ich va asosiy bosqichlardagi sinfdan tashqari o’qish darslarida
o’quvchilarning mustaqil faoliyati qanday shakllanishini izohlang.
6. Sinfdan tashqari o’qish darslari rejasini ishlab chiqing. Bunda mavzu, bosqich va dars
turini o’zingiz mustaqil tanlang.


FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O’RGANISH METODIKASI

Reja
1.Fonetikavagrafikaasoslarinio‘rgatishuslubiyati.


2.O‘quvchilarda so‘zning tovush va harf tarkibi haqidagi boshlang‘ich tasavvurini shakllantirish..
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan
bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod
o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g‘ri talaffuz qilish
(tovushlarni to’g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo’g‘inni farqlash, orfoepik me'yorga rioya qilish)
asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga
o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi)
shakllantirish uchun zamin bo’iadi; e) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g‘ri aytish, logik
urg‘u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini
bilish uning ma'nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas
va atlds so’zlari manosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasawur
qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’ziarni to’g‘ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq
va to’g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush
tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, Boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetikgrafik ko’nikmalar
tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va
jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g‘inlarga
bo’lish, urg‘uli bo’g‘inni talaffuzga ko’ra amaliy farqlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga keigunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar,
ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g‘inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil
talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g‘ri talaffuz qilish, bo’g‘inlarga
bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida
maqsadga muvofiq ishiash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy
mashqiarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida birbiriga ta'siri kabi
ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va
yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi,
takomillashtiriladi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin