III. 4sinfda (asosiy bosqich) STO’ darsi namunasi.
Mavzu. A. Obidjon — bolalarning sevimli shoiri va yozuvchisi.
Darsning maqsadi: o’quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otish, ularning mustaqil
o’qish ko’nikmalarim shakllantirish, Anvar Obidjon ijodi bilan tanishtirish, shoirning ijodiga
qiziqish uyg‘otish, o’quvchilarda ijodkorlik xususiyatini paydo qilish.
Darsning shakli: noan‘anaviy, sayohat darsi.
Dars metodi: kichik guruhlarda ishlash, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi. Anvar Obidjon portreti, to’plamlari, sahnani jihozlash uchun kerakli
narsalar.
Darsning borishi
1. Anvar Obidjon to’plamlari ko’rgazmasi tashkil etiladi. o’quvchilar kitoblarni
qo’llariga olib, varaqlab ko’radilar, tomosha qiladilar.
O’quvchilarga to’plamlarni ko’rishlaridan oldin quyidagi topshiriqlar beriladi:
Anvar Obidjonning qanday to’plamlari bor?
Shoir to’plamlarining nomini bilib oling.
O’zingizda qiziqish uyg‘otgan to’plamni varaqlab o’rganing.
2. Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida suhbat o’tkaziladi:
Anvar Obidjon kim ekan?
Uning qaysi she'r va asarlarini o’qigansiz?
Shoir haqida yana nimalarni bilib oldingiz? Shoir haqida o’quvchilarning qiziqishlarini
hisobga olib ma‘lumot beriladi:
O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947yil 8yanvarda Farg‘ona viloyatining Olti ariq
tumanida tug‘ilgan. Uning ,,Shkafcham" she'ri 6sinfda o’qib yurgan vaqtlarida ,,G'uncha"
jurnalida bosilgan.
Siz Anvar Obidjonrdng qaysi to’plamlari nomini bilib oldingiz?
,,Ona yer", ,,Bahromning hikoyalari", ,,Ey, yorug‘ dunyo", ,,Ketmagil", ,,Olovjon va unitig
do’stlari", ,,Bezgakshamol", ,,Masxaraboz bola", ,,Juda qiziq voqea" va boshq.
Adibning ,,Qo’ng‘iroqli yolg‘onchi", ,,Pahlavonning o’g‘irlanishi", ,,Topsang hayhay",
,,Navro’z va boychechak" kabi pyesalari ,,Yosh tomoshabinlar teatri"da sahnalashtirilgan.
Anvar Obidjonning kino qilingan qaysi asarlarini bilasiz?
,,Tilsimoy g‘aroyib qizaloq", ,,Dahshatli meshpolvon" va
boshq.
Dostları ilə paylaş: |