“TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_______________D.U.Ergashev “_____” ______________2019-yil
ONA TILI O‘QITISH METODIKASI fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
100000
Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
110000
Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi:
5111700
Boshlangich ta’lim
Toshkent– 2019 Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201__-yil “____”_________dagi____sonli buyrugi bilan tasdiqlangan “Ona tili oqitish metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
G.I.Hoshimova
–
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Masofaviy ta’lim” kafedrasi oqituvchisi
Taqrizchilar:
D.Xolikova
–
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi “ Gumanitar fanlar” kafedrasi filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
A.Satib Aldiyev
–
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi “ Gumanitar fanlar” kafedrasi pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oquv-uslubiy kengashining 20___-yil “_____”_____________dagi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
SO‘Z BOSHI Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti“Masofaviy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi G.I.Hoshimova tomonidan tuzilgan “Ona tili oqitish metodikasi” ishchi dasturi asosida yozildi. O‘quv-uslubiy majmuaoliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim, kabi nofilologik (ya’ni ona tili chuqur o‘rganishga ixtisoslashmagan) mutaxassislik talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Ona tili oqitish metodikasidan hamda ona tili fanining barcha bo‘limlari bo‘yicha shu mutaxassisliklar o‘quv rejalarida ajratilgan soat hajmida ma’lumot beradi.
O‘quv-uslubiy majmuani yozishda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar va jahon hamda o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha keyingi yillarda yaratilgan ilmiy ishlar dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Majmuada umumiy tilshunoslikka oid masalalar, o‘zbek tilining o’qitish metodiikasi, lug‘at boyligi, lug‘atshunosligi, grammatik qurilishi, uslubiyati, ishorat qoidalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.