O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə14/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Tеkshirish uchun savollar:
1. Ona tili o’qitish mеtodikasining prеdmеti nimadan iborat?
2. Ona tili o’qitish mеtodikasining asosiy vazifalarini ta'riflab
bеring.
3. Ona tili o’qitish mеtodikasining asosiy bo’limlarini aytib bеring.
Tayanch so’zlar: pеdagogik fan, savod o’rgatish mеtodikasi, o’qish
mеtodikasi, grammatik va imlo mеtodikasi, o’quvchilar nutqini o’stirish
mеtodikasi.


SAVOD O’RGATISH MЕTODIKASI


Savod o‘rgatish metodikasining maqsad va vazifalari
Rеja:
1.Savod o‘rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari.
2.Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintez tovush metodi.
3. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri.
Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslari.
.
O'qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish elementar
o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt
ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o’rgatiladi, ya'ni o'qish va yozish ko'nikmasini
egallaydilar.
Savod o'rgatish davrtda o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq
ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi. Bu ko'nikma bilimni
talab qiladi, chunki har qanday ko'nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga
aylanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv
chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki
o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish malakasini hosil
qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish,
ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.
O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida
o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi
harakatning o'ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning
keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir.
O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan,
ya'ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan
uzviy bog'liq holda shakllanadi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod
o'rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog'liq.
O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar o'qish va yozishga
o’rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari
uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini
ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel
olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan,
savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham,
yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish
bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga
olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani
mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq
muddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda
bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish,
so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi.
O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni
ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun
tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod
o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.



Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin