O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə16/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish,
analitik
sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar liosil qiliinadi, keyingi darsda esa
sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning
talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitiksintetik
mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch
lovushini ifodalovchi ch haif birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi.
O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovusli sifatida o'qish va yozishga
ko'nikishlari lozim. Bu davrda s'h (is'hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talafluzi (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi)
haqida dastlabki amaliy tiishunchaiar hosil qilinadi, utaniing talaffuzi va yozilishiga
e'tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar
beriladi, ularni farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (‘) unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga,
undosh tovushdan so'ng kelsa, undoshtii unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat
qilishi haqida ham tushunchaiar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikmalar
shakllantiriladi.
Savod o'rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik)
shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi.
O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab
o'qishga o'rgatish uchun so’zni bog'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni
o'rgatish muhim sanaladi. Savod orgatish davrida o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga
to'g'ri ajrata olsalar, o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
O'qishning dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-sekin
orfoepik o'qish ko'nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan
tovushlar ishtirok etgan so'zlar oldin orfografik, so'ngra oifoepik o'qib beriladi va
ularning o'qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada
tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng oifoepik o'qish mashq qilinadi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin