O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


SINFDAN TASHQARI O’QISH METODIKASI



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə31/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

SINFDAN TASHQARI O’QISH METODIKASI


1.Bolalarning mustaqil o‘qishi haqida tushuncha.
2.Boshlang‘ich maktabda kitobxon o‘quvchlarni shakllantirish bosqichlari.
3.Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shakllantiradigan mashg‘ulot va darslar qurilishining asosiy tamoyillari.??????
Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil
o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va
jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari
o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni
orttiradi.
STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam
kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ darslari 1—
2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa
haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo’lib, unda ko’zda
tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun
o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon
darajasiga ko’tarish talab etiladi. o’quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka
tartibda yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida ishlash
malakasini shakllantif ish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.
Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina,
o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag‘i,
kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazraunini aniqlashga o’rgatish
vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga
havas uyg‘otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar
adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini
o’stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub
mohiyatini tashkil etadi.
STO’ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini tarbiyalash
hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan
foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma‘lumotlarni
o’qitish, ,,Tez aytish", ,,Topishmoqlar topish", ,,Ifodali o‘qish", ,,Maqollar aytish

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin