O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash



Yüklə 496,33 Kb.
səhifə4/12
tarix29.06.2023
ölçüsü496,33 Kb.
#135528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ona tili kurs ishi

1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash

Ulug` yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste`dodning tug`ulishi har kimda har xil kechganini ko`rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o`smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo`lsa, Usmon Nosir balog`at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she`r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo`lsa, Quddus Muhammadiy «O`quvchiga esdalik» nomli birinchi she`riy kitobini e`lon qilganida sal kam 40 yoshda bo`lgan.


Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so`zni so`zga juftlab, o`z hayrati-yu bor g`ayratini qog`ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo`lganini sog`inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman.
Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.
Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo`natdim... Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo`lsa, ajabmas».
Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek olimlari K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B. Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish” nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.
B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lgan:
1. Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).
2. Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi).
3. Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).
Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va ungacha quyidagidek yondashdik:

Yüklə 496,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin