O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 496,33 Kb.
səhifə1/12
tarix29.06.2023
ölçüsü496,33 Kb.
#135528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ona tili kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI
3-KURS 311-GURUH
KURS ISHI
Mavzu: 1-4-sinflarda ona tili darslari o'qituvchi kitobini tahlil qilish
Bajardi:Rahimova Nilufar.
Ilmiy rahbar:Nigora Normurodova.

Toshkent-2023

Mundarija:
Kirish………………………………………………………………. 3
I-Bob. Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi,
darsliklarida muammoning yoritilishi…………………………... 6
1.1. Boshlang‘ich sinflarda DTS………………………………….... 6
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil
o‘qishga tayyorlash…………………………………………………. 11
II Bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida
qo’shimcha mashqlardan foydalanish…………………………… 19
2.1. Qo’shimcha mashqlardan foydalanish uslublari……………….. 19
2.2. Ona tili darslarida o`quvchilarning tafakkurini
rivojlantiruvchi noan'anaviy darslarni tashkil etish usullari………. 25

Xulosa……………………………………………………………… 31


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….. 34

Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirildi. O’rta umumta’lim maktablari to’qqiz yillik tizimga o’tkazilib, o’quvchilar to’qqizinchi sinifni tugatganlaridan so’ng kasb-huhar kollejlarida yoki akademik litseylarda o’qishni davom ettirishadigan bo’ldi. Shu bois Respublikamizda ko’plab akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Umumta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya, boshlang’ich umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, maqsadga muvofiq bo’ladi,”-degan edi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” nomli kitobida.
Davlatimiz tamonidan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. “Davlat ta’lim standartlari” joriy etildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va o’rta umumta’lim maktablari kapital tamirdan chiqarilib, o’quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuterlar bilan ta’minlandi.
“Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi,”-deydi prezidentimiz o’sha “Barkamol avlod orzusi” nomli kitobida.
Shu bois hozirgi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, muayyan ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimiz va hukumatimizning yoshlarga nisbatan berilayotgan bunday g’amxo’rliklariga ular o’zlarining “a’lo” va “yaxshi” baholarga oqishlari bilan javob berishlari lozim.

“Men Abdulla Avloniynig ”Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun


qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oily maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi,”-degan edi prezidentimiz I.A..Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” nomli kitobida.

Yüklə 496,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin