Mavzuning dolzarbligi: Bizning bitiruv malakaviy ishimiz “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlangan. Ushbu mavzuga oid nomzodlik va doktorlik ishlari tayyorlangan. Biroq mustahkam bilim olishda, ona tili grammatikasini mukammal egallashda qo’shimcha mashqlardan foydalanib borishining ahamiyati beqiyosligini hisobga olib, biz bugun o’z bitiruv malakaviy ishimizni “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlab, bu mavzuga yana qaytishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
Mavzuning ilmiyligi:“Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlangan ilmiy ishlar, ilmiy qo’llanmalar ko’plab yaratilgan bo’lsada, hozirgi zamon dunyo miqyosidagi ta’lim jarayoni ushbu mavzuga oid
ilmiy izlanishlarni davom ettirishni, o’quvchilardagi adabiy til me’yorlarini shakllantirish, boshqa tillardan o’zbek tiliga kirib kelgan so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishlariga erishish masalasini eng muhim vazifa deb qarashni taqazo etadi. Bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida ushbu mavzuga oid hozirgacha yaratilgan ilmiy ishlarga, o’quv qo’llanma va maqolalarga hamda o’rta umumta’lim maktablarida uzoq yillardan buyon yoshlarga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan tajribali pedagoglarning ilg’or tajribalariga suyandik.
Mavzuning maqsadi: “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ni o’rganish, tahlil qilish, tajribadan o’trazish, ushbu uslublarni ana’naviy dars usullaridan afzal tomonlarini aniqlash, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning vazifasi: “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish” nomli bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi muhim masalalarini mavzuning vazifalari etib belgiladik:
Boshlang’ich sinfl ona tili darslarida o’quvchilarga grammatik tushunchalarni o’rgatib borishning maqsad va vazifalari;
Boshlang’ich sinfl ona tili darslarida o’quvchilarga mavzuga oid og’zaki va yozma mashqlar bajartirib borishning ahamiyati;