O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/13
tarix01.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yo\'dosheva Sevinchoy

Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
Ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:

  1. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;

  2. Ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;

  3. Har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish.

Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida tushuncha berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, qo’shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl yasovchi qo’shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog’lanishini kuzatadilar, bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so’roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo’shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.
O’quvchilar o’zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o’zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o’quvchilar avval gapda ot bog’langan so’zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so’roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o’qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o’zlashtirganlaridan so’ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko’plikdagi otlarnnng turlanishini o’rganishda nutqda ko’plikdagi otlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini takomillashtirish maqsadi ko’zda tutiladi. O’quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so’rog’ini va bitta shaxs, narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o’quvchi); o’qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so’roqqa javob bo’lishini, qaysi kelishikni bildirishini so’raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? – kitoblar, kimlar? – o’quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko’plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? Yoki kimlar? So’rog’iga javob bo’ladi. O’quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda turlaydilar va ko’plik qo’shimchasi doim kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shilishini, so’roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yakka o’ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o’zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? Yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo’nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqsadga muvofiq:

  1. Kelishikning grammatik ma’nosi.

  2. So‘roqlari.

  3. Qo’shimchasi.

  4. Gapdagi vazifasi.

Kelishiklarni shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o’zlashtirishni ta’minlaydi.
Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma’nosi, so’rog’i, qo’shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun o’quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko’nikmasini shakllantirishga katta o’rin beriladi.
Bosh kelishikning xususnyatlarini o’rganish bilan otning kelishik qo’shimchasi yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so’zni o’ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida o’quvchilarda ko’nikma hosil qilinadi; lug’atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo’shimchasi olib qo’llanishi bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir qo’shimcha o’rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o’quvchilarda kelishiklardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini hosil qilish maqsadi ko’zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so’roqlari, qo’shimchasi va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog’lanadi, u bog’langan ot egalik qo’shimchasi bilan qo’llanadi (o’quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qaerning? So’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ning qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o’ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog’lanadi (vazifani bajardim, kitobni o’qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? Ba’zan qaerni? So’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ni qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasini bajaradi.
O‘quvchilarning bu ikki kelishik qo’shimchasidan nutqda to’g’ri foydalanish va ularni to’g’ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash, so’roqlar o’rniga gapning mazmuniga mos so’zni kelishik bilan turlab qo’yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chirish, tanlab ko’chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish diktantlaridan ko’proq foydalaniladi.
O’quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo’llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.
O’quvchilar jo’nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo’nalish kelishigi qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -ga qo’shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, shavkatga kabi so’zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o’quvchilar “Mehnat yetkazar har tilakka” kabi gapni o’qib, tilak so’zining o’zgarishini kuzatadilar; gapdagi tilakka bog’langan so’zni topadilar va shu so’zdan otga so’roq beradilar (etkazar (nimaga?) Tilakka); bu jo’nalish kelishigining so’rog’i ekanini aytadilar; tilakka so’zi so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi va tilak – o’zak, -ka qo’shimcha ekani aniqlanadi; so’ng uni tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o’zakning oxiri -k undoshi bilan tugagani, qo’shimcha ham k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo’nalish kelishigi qo’shimchasi oxiri k undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida qo’shiladi. “Baliq qarmoqqa ilindi” gapidagi qarmoqqa so’zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -qa shaklida qo’shiladi.
Xulosa.
O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi Qonunlarida shuningdek, Prezidentimizning «Ta'lim – tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida» gi bir qator farmonlarida ta'lim tizimida u'quvchilarni erkin fikrlay olishga u'rgatish vazifalari qu'yiladi.
Bir qator farmonlar, shuningdek "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablarini bajarish maqsadida, zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun avvaldom bor ta'lim mazmuni va ta'lim berish usulini u'zgartirish, yangiliklar kiritish davr taqaozasidir.
О‘quvchilar bilimining mavjud holatini kuzatish va qiyoslash shunday xulosaga olib keldiki, ona tilini u'qitishning mazmunan va mohiyatan u'zgartirish, boshlang'ich sinfda u'quvchiga nimani u'qitish? Va qanday o‘qitish lozim? Degan har bir savorlga tajribali va izlanuvchan o'qituvchilar javob topib borsalargina dars samaradorligi ta'minlangan hamda ko'zlangan maqsadga erishilgan bu'lardi.
Ona tilidan ta'lim berishda o'qituvchi va o'quvchilar orasidagi munosabatlar tu'g'ri yu'lga qu'yilsa, ya'ni u'quvchi ta'lim jarayonining faol ishlovchisiga aylantirilsa, u'qituvchi esa bu jarayonning boshqaruvchisiga ayldantirib borilsa ona tili ta'lmining samaradorligini ta'minlangan bu'lardi.
Ona tili ta'limi umumiy ta'limning ajralmas bir tarkibiy kismi sifatida ukuvchilarda ijodiylik, mustakil fikrlash, fikr maxsulini nutk sharoitiga mos ravishda ogzaki va yozma shakllarda tugri ravon ifodalash kunikma va malakalarini shakllantirish xamda rivojlantirishni uz oldiga maksad kilib ku'yadi. Ana shu talab va extiyojlar bajarish uchun ona tili ta'limini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etilsa, ya'ni ona tili ta'limi maqsadiga muvofiq keladigan mazmun va usuli ishlab chiqilsa va amaliyotga tadbiq etilsa ta'lim sifati oshishiga ijobiy ta'sir ku'rsatishi ayni haqiqatdir.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko’rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog’lash muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda ot yaxlit holda o’rganiladi va uni o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi.
Boshlang‘ich ta‘limning davlat ta‘lim standartlarida ,,ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, hozirgi davrda yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma‘rifatli, barkamol shaxslar bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma‘naviyatlilikning shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bog‘liqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya‘ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a‘zosi bo‘lish uchun ham zarurdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin