O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv REJASI



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə38/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv REJASI


T/r



O‘quv fanlari



Sinflar

Haftalik umumiy soat

1

2

3

4

5

6

7

8

9




Davlat ixtiyoridagi soatlar

22

24

26

26

30,5

32,5

33,5

34

36

264,5

1.

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

13

Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.


O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarlardan tashkil topadi. Ularning mazmuni qisqacha quyidagicha:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
DTS talablariga rioya etish va uni bajarilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi. DTS talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat. DTS talablariga rioya qilish ustidan nazorat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish, tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish , ularni bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi
omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlili kabi ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilish: ichki, tashqi,davlat va jamoatchilik nazorati hamda milliy va xalqaro darajada baholash kabi turlarga bo’linadi. Bunda:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ta’lim standartin ishlab chiqishdagi asosiy pritsiplaridan biri “davlat ta’lim standartini davlat, jamiyat, talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi” dir.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin