O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
I BOB. GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Geografiyao’qitishmetodikasifanvao’quvfansifatida
Geografiya ta’limi deganda o’quvchilarga tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy komplekslarning tuzilishi va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar beradigan geografiya fanlari tizimiga aytiladi.
Geografiya ta’limi metodikasi esa maktablarda va kasb-xunar kollejlarida tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va boshqa maxsus geografiya fanlarini o’qitish jarayonini o’rganadigan va pedagogika fanlari tizimiga kiradigan fandir.
Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va tarbiya nazariyasi bilan chambarchas bog’langan. Didaktika fani ta’lim berish va tarbiya jarayonini umumiy qonuniyatlarini, ta’lim mazmunini tadqik qiladigan nazariy fandir. Didaktika fani aniq o’quv fanlarini o’qitish metodikasi bilan shug’ullanmaydi. Ayni vaqtda har bir o’quv fani o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning ayrimlarini maqsadi nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish (geografiya, geografiya, kimyo), ayrimlari faqat ko’nikmalarni (chet tillar), boshqalari esa borliqqa estetik munosabatda bo’lishini shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun alohida fanlarni o’qitish metodikasi bilan hususiy didaktika fanlari shug’ullanadi. Mazkur fanlar qatoriga «Geografiya o’qitish metodikasi» fani ham kiradi. Geografiya o’qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari mavjud. Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagi nazariy va amaliy metodologik muammolarni tadqiq qiladi:
geografiya o’qitish metodikasining predmeti, tadqiqot usullari, rivojlanish tarixi;
geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalarini umumiy va alohida predmetlar bo’yicha aniqlash;
ta’lim va tarbiyaning birligini amalga oshirish;
Geografiya o’qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat: umumiy va hususiy geografiya o’qitish metodikasi.
Umumiy geografiya o’qitish metodikasi – bu geografiyaning didaktikasi hisoblanadi. U geografiya o’qitish jarayonini o’ziga xos xususiyatini o’rganadi.
Geografiya o’qitishning umumiy metodikasi nazariy va metodik masalalarni ishlab chiqadi, yani predmetni o’zini tadqiqot usullarini o’rganadi, bunda asosiy e’tibor o’quv-tarbiyaviy maqsadlarni ishlab chiqishga qaratiladi. Aniqlangan o’quv-tarbiyaviy maqsadlar asosida geografiya ta’limining mazmuni ishlab chiqiladi. Umumiy metodika ikki qismga bo’linadi:
-tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’qitish metodikasi;
Geografiya o’qitishning hususiy metodikasi – alohida o’quv predmetilarini maqsad va vazifalarini ishlab chiqadi va umumnazariy xolatlarni aniq o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida qo’llash masalalarini o’rganadi.
Xususiy geografiya o’qitish metodikasi tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarini alohida predmetlari bo’yicha o’quv tarbiyaviy jarayonlarni o’ziga xos hususiyatlarini ishlab chiqadi. Hususiy geografiya o’qitish metodikasi
alohida geografiya fanlarini mazmuni uchun umumiy metodikaning nazariy ishlanmalarini aniqlashtiradi, har bir sinf gerografiya kursini mazmuni va tuzilishi, geografik tushunchalarni shakllantirish, o’quv ishlari usullarini, o’quvchilarning mustaqil ishlarini tahlil qilish muammolarini ishlab chiqadi.