O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə14/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi. 1958 yil 12 noyabrda qabul qilingan qonunga muofiq maktab o’quvchilarini hayotga tayyorlash vazifasiga katta e’tibor berildi. Shuning uchun ushbu davrda geografiya fanining boshlang’ich va umumta’lim maktablarida o’qitish hayot bilan bog’langan xolda olib borila boshlandi. Su munosabat bilan maktab geografiya darsliklari qaytadan ishlab chiqildi va nashr qilindi. Natijada ayrim kurslar ikkita sinfda o’qitiladigan bo’lib qoldi. Masalan, “Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi” VI va VII sinflarda, “SSSR geografiyasi” VII va VIII sinflarda o’rganiladigan bo’ldi. Bu esa olingan bilimlarni umumlashgan xolda xulosalashni qiyinlashtirib qo’ydi.
Ushbu davrda mavjud darslikning mazmuni va tuzilishi o’zgardi, o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar nashr qilindi: N.F.Kurazovning “Geografiya o’qitish metodikasi” (1952 y), V.P.Budanovning “Tabiiy geografiya o’qitish metodikasi” nashr qilindi.

O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi. 1966 yil


10 noyabrda “O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada yaxshilash choralari to’g’risida” davlat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq geografiya ta’limini yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur komissiya tavsiyasiga binoan maktab geografiya kurslari sinflar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: II sinfda Tabiatshunoslik kursi-35 soat; III-sinfda Tabiatshunoslik kursi-70 soat; IV-
sinfda Tabiatshunoslik kursi 70-soat; V-sinfda Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi-70 soat; VI-sinfda Materiklar geografiyasi -105 soat; VII-sinf SSSR tabiiy geografiyasi -70 soat; VIII-sinf SSSR iqtisodiy geografiyasi-70 soat; IX-sinfda Chet el mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi sohasida XX-arsning oxiri va mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya o’qitish metodikasi sohasida O.Mo’minov., H.Vaxobov., R.Qurbonniyozov., P.Musaev., P.G’ulomov., G’.Pardaev., va boshqalar katta ishlarni amalga oshi rishgan.
Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari tayyorlashda N.Dolimov, O.Mo’minov , T. Abdullayeva, P.Musaev, P.G’ulomov, X.Vaxobov, A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov, R.Qurbonniyozov, A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov., X.Vaxobov, M.Mamatqulov, A.Rafikov, G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarov, G’.Pardaev, A.Nizomov, A.Xodjimatov, N.Alimqulov, N.Sultanova va boshqalar tomonidan yaratilgan.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin