O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng umumiy ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish zaruriyati tug’ildi. Ayrim o’quv fanlari dars tizimidan chiqarib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar yangidan yaratilib o’quv tizimiga joriy qilindi.
Maktab geografiya ta’limi sohasida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Umumiy ta’lim maktablarida “SSSR tabiiy geografiyasi” (8-sinf) va “SSSR iqtisodiy va sotsial geografiyasi” (9-sinf) o’quv kurslari ta’limi dasturdan olib tashlandi.
Umumiy majburiy ta’lim 9-yilga o’tkazilgani musosabati bilan ayrim o’quv kurslari o’rganiladigan sinflar o’zgardi. 5-sinfga yangi “Tabiiyot” kursi kiritildi. Ammo mazkur kurs o’zlashtirish qiyin bo’lganligi, hamda unda tabiiy geografiya va boshqa fanlardagi bilimlar qaytarilganligi tufayli 1999 yil o’quv dasturidan olib tashlandi.
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursi, “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi bilan qo’shib 6-sinfda o’tiladigan bo’lgan edi. Bu ham o’zini oqlamadi. Yangi dastur (1999 yil) bo’yicha yana 5-sinfda boshlang’ich “Tabiiy geografiya” kursi o’tiladigan bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston va Turkiston hududidan tashqari ilgari sobiq “SSSR tabiiy geogra fiyasi”da o’rganiladigan tabiiy geografik o’lkalar “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida o’tiladigan bo’ldi.
O’quv dasturiga tamoman yangi “Turkiston tabiiy geografiyasi” kursi kiritildi (7-sinflar uchun).
9-sinfda o’qitiladigan “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Endi O’zbekiston Respublikasidan tashqari hamma davlatlar shu kursda o’rganiladi.
Yangi dasturga muofiq tayanch majburiy ta’limga moslangan geografiya kurslarining sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha:
6-sinfda “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” ;
7-sinfda : birinchi yarim yillikda “Turkiston tabiiy geografiyasi” (hozirda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi), ikkinchi yarim yillikda “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”;
8-sinfda “O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi”;
Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini va qudratini yuksak darajada bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning yetishtirish uchun esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada takomillashgan va xalqaro standartlar talabiga javob beradigan darajada bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 9-sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida shunday degan edi “Har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”.
1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston ta’lim tizimining takomillashtirish va barkomol avlodni tarbiyalash sohasidagi qo’ygan qadamlarining eng yirigidir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning ta’lim qonuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9- sesiyasida so’zlagan nutqini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda erishilgan yutuqlar tahlili.
Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining asosiy sabablarini tahlili.
Oliy ta’lim islohotining asosiy yo’nalishlari.
Ta’limdagi islohotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi.
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari.
Umumtalim dasturining tuzilishi.
Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar. Mazkur masalalarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz:
O’rta va oliy ta’limda erishilgan yutuqlar. Mazkur sohadagi yutuqlar quydagilardan iborat: