bozor iqtisodi talablaridan kelib chiqib, yangi mutaxasisliklar kiritildi (Fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va h.k.);
Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l va Andijonda bank kollejlari tashkil qilindi.
Oliy maktab sohasida:
kirish imtihonlarida test usuli joriy qilindi;
viloyat markazlaridagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi;
2000 dan ortiq talaba chet elga borib o’qib keldi; 200 dan ortiq mutaxasis institutlarda ishlash uchun xorijdan chaqirildi;
Davlat va ijtimoiy qurilish akademiyasi, bank va moliya akademiyalari tashkil qilindi;
turli xil fondlar tashkil qilindi. “Mahalla”, “Sog’lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Umid jamg’armasi”.
Amalga oshirilgan tadbirlarni hozirgi hayot talablariga to’lajavobbermasligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
ta’lim tizimiga eski mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xoli bo’linganicha yo’q;
barcha amaldagi o’zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim- tarbiya tizimimiz rivojlangan demokratik davlatlar talablariga javob bermaydi.
Maktab sohasida.
maktablarning moddiy bazasi juda nochor;
o’qituvchilarni tayyorlashni keskin yaxshilash kerak (rag’batlantirish va
x.k.)
boshlang’ich sinflardagi ta’limga katta e’tibor berish kerak, ilgari bunga
e’tibor berilmagan;
darsliklar yaratish ancha nochor ahvolda;
bolalar erkin fikrlaydigan bo’lishi kerak;
9- sinfni har yili deyarli 450 ming o’quvchi bitiradi. Ularni 250 mingtasi 10-sinfda o’qishni davom ettiradi, 100 ming tasi hunar texnika bilimlarida taxsil oladi, ya’ni 100 ming tasi ko’chada qolmoqda;
11- sinfni bitirganlarni hammasi bo’lib 10 foizi o’qishga kirishi mumkin;