Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyillari:
barcha ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini joriy qilish va ularni faoliyat mexanizmini ishlab chiqish;
ta’lim muassasalarini davlat tomonidan moddiy texnikaviy ta’minotini yaxshilash;
o’quv muassasalarining moddiy va moliyaviy sharoitini aniqlashda kadrlarni iste’molchilari bo’lgan korxonalar imkoniyatidan to’la foydalanish;
kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasiga xalqaro fondlar mablag’ini jalb qilish;
Oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish va o’z - o’zini boshqarish usullarini joriy etish.
Umum ta’lim dasturining tuzilishi.
Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:
maktabgacha ta’lim;
boshlang’ich ta’lim. 6-7 yoshdan boshlanadi. 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi;
umumiy ta’lim, 5-9 sinflarni o’z ichiga oladi;
o’rta maxsus bilim va kasb- hunar ta’limi. O’qish muddati 3- yil;
Oliy mutaxasislik ta’limi ikki qismdan iborat:
Bakalavrlik - o’qish muddati 4- yil. Tayanch mutaxasislik diplomini olish bilan tugaydi.
Magistratura- aniq mutaxasislik bo’yicha Oliy kasbiy ta’lim bo’lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan tugaydi..