Tayanch so’z va iboralar: Metodologiya, metod, usul, eksperiment, pedagogik eksperiment, tajriba, eksperimental-emprik, nazariy tadqiqot ddabiyotlar bilan ishlash, statistik- matematik, qiyosiy tahlil, tarixiy, taqqoslash.
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Metodologiya deganda nimani tushunasiz?
Ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifasi nimadan iborat?
Tadqiqot metodlari qanday usullarga bo’linadi?
Nazariy metodlarga qaysi usullar kiradi?
Geografiya ta’limining rivojlanishini dastlabki bosqichlarida qanday metodlar ko’proq qo’llaniladi?
Statistik-matematik usullarni ahamiyati nimadan iborat?
Tarixiy usul haqida so’zlab bering.
Tizimli tuzilish usullarini qanday hollarda qo’llash mumkin?
Eksperimental-emprik usullar qanday qismlardan iborat ekanligini so’zlab bering.
Kuzatish obyektiga nimalar kiradi?
So’rovnoma usuli qanday hollarda qo’llaniladi?
Pedagogik eesperiment haqida so’zlab bering.
V BOB. PISA TADQIQOTLARI HAQIDA UMUMIY TAVSIFLAR. PISA TADQIQOTINI O’TKAZISH VA TASHKIL ETISH METODIASI
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
SHu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi. Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-son qarori chiqishi mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan tarixiy voqea bo’ldi.
Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi (keyingi o’rinlarda Milliy markaz deb ataladi) tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: |