Eksperimental-emprik metodlar
Mazkur metodlarga asosan maktab tajribasini o’rganishga yo’naltirilgan metodlar kiradi. Ular kuzatish, anketa, maktab xujjatlarini tekshirish metodlari va pedagogik eksperiment kiradi.
Kuzatish. Eng keng tarqalgan pedagogik tadqiqot metod hisoblanadi. Mazkur usul pedagogik jarayonni bilishni eng muhim metodlaridan biri hisoblanadi. Har qanday o’qituvchi darsni kuzata bilish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Kuzatish metodikasi tuzilishi, mazmuni, turi, kuzatish texnikasi, o’rganilayotgan muammoni mohiyati va xususiyatlari, tadqiqot metodlariga bog’liq.
Kuzatish turli xil bo’ladi, ular dasturi, tashkil qilinishi va maqsadiga ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi.
Kuzatish obyektlari o’quv ishlari metodlari, darslarda o’quvchilarni tashkil qilish, uyga vazifa berish, o’qitish metodlarini, vositalarini tanlash xisoblanadi.
So’rovnoma (anketa) metodi. Mazkur metod geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Bunda turli metodik ma’lumotlar uchun ma’lum bir yo’nalishda ma’lumotlar yig’iladi. So’rovnomaning mazmuni o’quvchilar, o’qituvchilar va metodestlar uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, iqtisodiy va ijtimoiy
georgrafiya predmeti bo’yicha o’qituvchi uchun o’qitish metodlarini takomillashtirish bo’yicha so’rovnoma mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin:
o’quvchilarni faoliyatini tashkil qilishda qanday usullardan foydalanasiz:
yangi mavzuni o’qitishda; b)o’quvchilar bilmini tekshirishda;
sizning darsligingizda ko’proq qaysi metod asosiy bo’lib hisoblanadi?
sizning darslaringizda VIII-IX sinf o’quvchilarning ishlari nimasi bilan farqlanadi:
harita bilan ishlanadi;
darslikdagi rasmlar bilan, jadvallar bilan;
o’qituvchilar qobiliyatini qanday vositalar va usullar bilan rivojlantirasiz;
o’quvchilarni bilish faoliyatini qaysi darajada tashkil qilasiz;
bilimlarni tayyor xolda berasizmi?
materialni faqat bir qismini o’zingiz tushuntirasiz?
mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil o’zlashtirishadi.
O’qituvchilardan so’rovnoma o’tkazish bilan bir vaqtning o’zida o’quvchilar bilan ham so’rovnoma o’tkaziladi (1-jadval). Yangi materialni qaysi usulda o’rganilganda siz yaxshi esda saqlab qolasiz va yaxshi tushunasiz? Agar darsni yaxshi tushunsangiz va eslab qolsangiz «+» belgisini, tushunishga qiynalsangiz «-» belgisini qo’ying.
jadval
Dostları ilə paylaş: |