O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə23/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O’quvchilar uchun so’rovnoma







Yangi mavzuni o’rganish usuli

+

-

1

O’qituvchini og’zaki tushuntirishi







2

O’qituvchini topshirig’iga binoan mustaqil ish bajarishi







3

Sinfda suhbat o’tkazish: a)o’quvchi savollariga javob berish: b)
sinfdoshini javobi asosida xulosa chiqarish







4

O’qituvchi bilimlarni hammasini o’zi tushuntirib beradi va tayyor holda
beradi







5

Bilimlarni ma’lum bir qismini o’zingiz o’qituvchi topshirig’iga binoan
harita va darsliklar bilan ishlash davomida olasiz.







6

Sinfdoshlar ma’ruzasi va habarlari







7

O’qituvchining tushuntirishi







8

Atlaslar va darslikdagi haritalar bilan ishlash







9

Kinofilьmlar, videofilьmlar va deapozitivlar bilan ishlash







10

Sinfda darslik bilan ishlash







11

Axborot vositalari bilan ishlash







12

O’qituvchi yordamida amaliy ishlar bajarish







13

Olingan bilimlar asosida yangi mavzuni mustaqil o’rganish







14

Turli xil usullarni birga qo’llash







15

Yana qanday usullar sizni yangi mavzuni o’zlashtirishingizda yordam
beradi







So’rovnoma asosida olingan ma’lumotlar matematik usullar bilan qayta ishlanadi va umulashtiriladi. Turli viloyatlarda o’tkazilgan so’rovnomalarning javobi mos bo’lsa o’rganilayotgan pedagogik jarayonlarning to’g’riligini tasdiqlaydi.


Pedagogik tadqiqotlar eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Uning yordamida har bir o’qitish metodlarni avzalliklarini aniqlash mumkin.
I.S.Matrusov fikricha, pedagogik eksperiment deganda nazorat qilinayotgan va hisobga olinayotgan sharoitda tadqiq qilinayotgan pedagogik jarayonlarni kuzatishga imkon beradigan ilmiy jihatdan tashkil qilingan ta’lim va tarbiya tajribasidir. Pedagogik eksperimentning maqsadi o’rganilayotgan voqea va hodisalarni qonuniyatlarini aniqlash, u yoki bu metodik masalani mohiyatini ochib berishdir.
Pedagogik eksperimentga quyidagi talablar quyiladi:

    • pedagogik eksperiment mukammal darajada loyihalashtirilgan bo’lmog’i lozim;

    • u metodologik jihatdan asoslangan gipotezaga tayanmog’i lozim;

    • o’rganilayotgan muammo o’zida qarama-qarshiliklarni va yangiliklar kurtagini aks ettirmog’i lozim;

Pedagogik eksperiment o’tkaziladigan vaqti, o’rganilayotgan hodisalar tarkibi, tashkil qilinishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Pedagogik eksperimentlar o’tkazilish vaqtiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli, o’rganilayotgan hodisani tarkibiga ko’ra oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga ko’ra tajribali (bir guruh o’quvchilar bilan o’tkaziladi), tabiiy (bir sinf yoki bir necha maktabdagi bir xil sinflar bilan o’tkaziladi), kompleks eksperimentlarda tajriba va tabiiy usullar uyg’unlashgan holda qo’llaniladi.
Oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra pedagogik eksperimentlar tasdiqlovchi, (mavjud qoidalarni) shakillantiruvchi yoki yaratuvchi, nazorat qiluvchi yoki nazorat.
Pedagogik eksperiment yordamida nazariy hollar tekshiriladi, ta’lim va tarbiya jarayoni haqida to’la va aniq ma’lumotlar olishga imkon beradi. Bu o’rinda “Eksperiment” va “Tajriba” tushunchalarini chalkashtirmaslik lozim.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin