Tayanch so’z va iboralar: PISA, PIRLS, TIMMS, TALIS, xalqaro baholash tadqiqotlari
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
PIRLS nima? U qanday amalga oshiriladi?
TIMMS nima? U qanday afzallikka ega?
TALLIS nima? Nima sababdan ushbu baholash tizimi amalga oshiriladi?
PISA, PIRLS, TIMMS va TALLIS baholash tizimlariga VENN diagrammasi tuzing.
GEOGRAFIYA FANINI O’QITISHNING TA'LIMIY, TARBIYAVIY VA RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADLARI
Geografiya ta’limining maqsadlari va vazifalari
Geografiya ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning ajralmas va uzviy bog’langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta’lim muassasaslari oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya ta’limi o’quvchi va talabalarda Yer to’g’risidagi ilmiy dunyoqarashlarni shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli regionlarda jamiyat va tabiatning o’zaro bog’liqligi, geografik obyekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi, umuminsoniy madaniyatni tarkibiy qismi bo’lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.
Geografiya ta’limining asosiy masqsad va vazifalari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qarorining 4-bobida quyidagicha belgilab berilgan:
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan;
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
2 Раджиев А.Б., Исмаилов А.А., Нарзиев Ж.Р., Ахмедов Х.П., Тоғаева Г.О. Ўқувчилар саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотлар дастури. Қўлланма, Тошкент, 2019
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |